«Yirik kompaniyada ishlashda bozorlarni qanday egallash lozim» – AKFA Group o‘z tajribasini talabalar bilan o‘rtoqlashdi
AKFA Group kompaniya mutaxassislari ishtirokida universitet talabalari uchun ma’ruzalar sessiyasini davom ettirmoqda. 15-noyabr kuni Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida kompaniya mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Marketing bo‘limi boshlig‘i Ilhom Abiyev yangi mahsulot yoki xizmatni bozorga chiqarish strategiyasini qanday ishlab chiqish va bugungi kunda marketing biznesda qanday rol o‘ynashi haqida so‘zlab berdi.
– Jamoamiz o‘z oldiga hech kim erisha olmagan maqsadlarni qo‘yadi, – deydi marketing bo‘limi boshlig‘i Ilhom Abiyev, – Ishonchimiz komilki, har kim o‘z chegarasini o‘zi belgilaydi. Darhaqiqat, erishib bo‘lmaydigan maqsadlar yo‘q, biz o‘zimizni cheklaydigan ramkalarimiz mavjud. Kompaniyamizning vazifasi yangi standartlar va tendentsiyalarni o‘rnatishdir. Agar biror narsa qiladigan bo‘lsak, unda birinchilardan va eng yaxshilardan bo‘lishga harakat qilamiz.
Misol tariqasida spiker yaqindagina ochilgan Visitor Center — Markaziy Osiyodagi eng yirik ishlab chiqarish korxonasi tomonidan yaratilgan ko‘rgazmalar zalini keltirdi.
Ma’ruzaning yakuniy bosqichi interaktiv shaklda o‘tkazildi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Kompaniya misolida spiker zamonaviy marketing vositalari qanday ishlashi haqida gapirdi, muhim tendentsiya va trendlarni aytib o‘tdi. Bozorlarni qanday zabt etish kerakligi haqidagi asosiy savolga ekspert raqobat muhitini baholash, mijozlar bazasini saqlab qolish va ko‘paytirishga e’tibor va sa’y-harakatlar qaratishga tayyorlik muhimligi haqida ta’kidladi.
AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.
Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori
Tavsiya etilgan maqolalar

URBAN.TECH UZBEKISTAN 2021 hakatonining g‘oliblari e’lon qilindi
Toshkentda IT-yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha musobaqa – URBAN.TECH UZBEKISTAN 2021 hakatoni yakunlandi. 160 dan ortiq dasturchilar 72 soat davomida ishlab chiqarish, tibbiyot, fan va ta’lim, shuningdek, ijtimoiy hayot uchun xizmatlar va dasturlar yaratmoqdalar.

AKFA Group ACCA akkreditatsiyasiga ega bo‘ldi
AKFA Groupga ACCA tomonidan akkreditlashtirilgan ish beruvchi maqomi taqdim etildi (ACCA Approved Employer).

Scholarship – AKFA Groupdan talabalar uchun grantlar dasturi
Scholarship grantlar dasturi AKFA Groupning eng muhim ijtimoiy loyihalaridan biridir.