URBAN.TECH UZBEKISTAN 2021 hakatonining g‘oliblari e’lon qilindi

23.05.2021

Toshkentda IT-yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha musobaqa – URBAN.TECH UZBEKISTAN 2021 hakatoni yakunlandi. 160 dan ortiq dasturchilar 72 soat davomida ishlab chiqarish, tibbiyot, fan va ta’lim, shuningdek, ijtimoiy hayot uchun xizmatlar va dasturlar yaratmoqdalar. Tadbirning bosh homiysi sifatida AKFA Group kompaniyasi ishtirok etdi. Iqtidorli yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash xolding global vazifasining muhim qismidir.

Bugungi kunda IT mutaxassislari O‘zbekistonda ish bilan band bo‘lgan aholining 0,4 foizini tashkil qiladi. Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, IT-mutaxassislarga talab yildan-yilga oshib boradi.

URBAN.TECH UZBEKISTAN 2021-ning vazifalaridan biri yosh iste’dodli dasturchilarni mamlakatimiz mehnat bozorida ushbu zamonaviy va talab qilinadigan kasbga jalb qilish edi.

Dasturchilar uchun hakaton bu bilim va ko‘nikmalarni sinab ko‘rish, tajriba almashish va jamoaviy ish samaradorligini aniqlash uchun imkoniyatdir:

- Bunday tadbirlarda qatnashish, natijasidan qat’i nazar, ishtirokchiga o‘zini namoyon qilishiga, hamfikrlar bilan muloqot qilish, yangi bilimlarga ega bo‘lish va kelajakda yangi g‘oyalarni rag‘batlantiradigan ko‘plab ijobiy his-tuyg'ularni ko'tarish uchun ajoyib imkoniyatdir. O‘z navbatida, biz ijtimoiy mas'uliyatli kompaniya sifatida o‘z g‘oyalaridan qo‘rqmaydigan, yosh, oldiga ulkan maqsadlar qo‘ygan yoshlarga ishonch bildiramiz. Bu juda muhim, – dedi AKFA Group bosh direktori Kamran G‘ulomov.  

Tadbirning grant jamg‘armasi 150 million so‘mni tashkil etdi.

Hakaton g‘oliblari har bir e’lon qilingan yo‘nalish bo‘yicha aniqlandi. Musobaqa natijasida grantni 4 ta jamoa bo‘lishib oldi:

  • WCI (AKFA Groupdan keys) – ishtirokchilar zavoddagi uskunalarning eskirishini baholash uchun dastur yaratdilar. Dastur uskunaning kutilayotgan muddatini ko‘rsatadi va iqtisodiy tahlilni o‘tkazadi, masalan, uskunani ta’mirlash kerakmi, qismlarini bugun almashtirish yoki hamma narsani o‘zgarishsiz qoldirish kerakmi degan savollarga javob beradi;
  • Fazo (Fan va Ta’lim) – OpenCV-da o‘quvchilarning darslar davomida faolligini qayd etish imkonini beradigan yechimni taqdim etdi. Tizim maktab o‘quvchilarining ota-onalariga ularning darsdagi muvaffaqiyati to‘g‘risida hisobot bilan xabar yuborishni amalga oshiradi;
  • We Might (Tibbiyot) – farg‘onalik yoshlar qon donorlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan mobil dastur yaratdilar. Uning yordami bilan siz kerakli qon guruhi va Rh omiliga ega bo‘lgan donorlarni topishingiz, kimga qon kerakligini ko‘rishingiz va o‘zingizning profilingizni ochib arizaga javob berishingiz mumkin;
  • Space Team (Ijtimoiy hayot) – eng yosh jamoa veb-saytni ishlab chiqdi, unda hamma bir kunlik  ish topishi mumkin.

AKFA Group URBAN.TECH UZBEKISTAN 2021 hakatoni O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish uchun mas'ul bo'lgan malakali IT-mutaxassislarni yetishtirish uchun samarali maydonga aylanganiga oshonchi komil:

Ishonchim komilki, mamlakatimizda innovatsion ishlanmalar yaratishga va dunyoni o‘zgartirishga qodir bo‘lgan ajoyib yosh mutaxassislar juda ko‘p. AKFA Group ularga o‘z qobiliyatlarini 100% namoyon qilishlariga bajonidil yordam beradi va ularga o‘z sevgan mashg’ulotlari bilan shug‘ullanishlariga imkoniyat yaratadi, – deb ishontirdi Kamran G'ulomov.

AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.

Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori