Toshkentdagi Yeoju Technical Instituti bilan memorandum imzolandi

10.12.2020

11-dekabr kuni AKFA Group va Toshkentdagi Yeoju Technical Institute hamkorlikni rivojlantirishga bog‘liq memorandum imzoladilar. Hamkorlikning maqsadi institutning iqtidorli talabalari va bitiruvchilarini aniqlash va qo‘llab-quvvatlashdir.

Hujjat aloqalarni mustahkamlash va hamkorlik uchun potentsial imkoniyatlarni izlashga qaratilgan. Xususan, ta'limning innovatsion faoliyati sohasida, shuningdek, muhim yo‘nalishlarda birgalikda ilmiy-tadqiqot va tajribaviy-konstruktiv ishlarini olib borishni nazarda tutadi.

Tomonlar kompaniya va ta'lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli konferensiyalar, seminarlar, ko‘rgazmalar, taqdimotlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Bundan tashqari hamkorlik kompaniya profiliga mos keladigan yo‘nalishlarda talabalarni o‘qitish sifatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan bo‘ladi.

Memorandum Yeoju Technical Instituti talabalarini o‘qitish profiliga muvofiq tashkiliy ravishda kompaniyaning tarkibiy ishlab chiqarish bo‘linmalarida amaliyot o‘tashga yuborish imkonini beradi. o‘z navbatida, AKFA Group tomonidan talabalar amaliyot o‘tashlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.

AKFA Group bosh ijro direktori Kamron G‘ulomov quyidagilarni ta'kidlab o‘tdi: “Mamlakatimizda juda ko‘p bilimli va istiqbolli talabalar bor. Yaqin kelajakda ular innovatsion startaplarni ishga tushiradilar, ulkan loyihalarni amalga oshirishni boshlaydilar va umuman mamlakatimizning yanada rivojlanishiga yordam beradilar. Biz ana shunday yoshlarni qidiramiz va ularga o‘z qobiliyatlarini 100% namoyon qilishlariga yordam beramiz. Biz ularga o‘zlari sevgan va yashaydigan muhitda eng yaxshisi bo‘lishlari uchun imkoniyat yaratamiz."

AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.

Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori