Vladimir Yakubadan "Maksimal sotuvlar" mavzusida mahorat darsi

01.07.2021

Rossiyaning №1 raqamli savdo-sotiq bo‘yicha murabbiyi Vladimir Yakuba AKFA Group xodimlari uchun "Maksimal sotuvlar" mavzusida realiti-trening o‘tkazish uchun Toshkentga tashrif buyurdi. Eksport bo‘limi rahbarlari va mutaxassislari, AKFA Savdo, IMZO Savdo, AKFA Build va AKFA Projects xodimlari rossiyalik mutaxassisdan savdo-sotiq sirlarini o‘rganishdi. Treningni AKFA Group Korporativ universiteti tashkillashtirdi.

Tadbir ma’ruzachisi Vladimir Yakuba 18 ta mamlakatda treninglar o‘tkazib, 138 ta shaharga sayohat qilgan. U Rossiyaning "Yilning eng yaxshi kitobi" kitob mukofotining g‘olibi bo‘lib, to‘rt marta o‘z kasbining eng yaxshi mutaxassisi sifatida tan olingan.

Vladimir o‘zining realiti-treninglarida savdo-sotiq texnologiyalari haqida gapiribgina qolmay, balki ularning amalda qanday ishlashini ham namoyish qiladi.

O‘z maxorat darslarida biznes-murabbiy istalgan raqamga qo‘ng‘iroq qilib, ma’lum bir kompaniyaning mijozlari, hamkorlari va hatto raqobatdosh kompaniyalar bilan ham suxbatlashadi.

26-iyun kuni kompaniyaning 100 dan ortiq xodimlari savdo-sotiqda biznes-jarayonni qanday qurishning 29 modulli tizimi to‘g‘risida ma’lumot olishdi. Vladimir tinglovchilarga mijozlar bilan bo‘gan suxbatni qanday boshqarish kerakligini, "Siz bilan qanday bog‘lanishim mumkin?", "Sizga qanday yordam bera olaman?", "Siz nima bilan qiziqasiz?" va boshqa standart iboralar o‘rniga qanday iboralar qo’llash mumkinligini o‘rgatdi.

Biznes-murabbiy trening davomida pandemiya davridagi sotuv jarayonlariga doir dolzarb mavzuga to‘xtalib o‘tdi. U mutaxassis qanday qilib mijozning 90% e’tirozidan qochishi mumkinligini tushuntirib berdi.

Vladimir Yakuba telefon orqali savdo jarayoni bo‘yicha ham ajoyib mahorat darsini ko‘rsatdi. Biznes-treningda u ohang, e’tiroz bildirish va boshqa jarayonlarning yaxshi va yomon tomonlarini tahlil qilish uchun raqobatdosh kompaniyalarga qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirdi.

Realiti-trening davomida Vladimir kompaniya mijozlariga qo‘ng‘iroq qilib, ularni qanday qilib muzokaralarning keyingi bosqichiga o‘tkazish mumkinligini namoyish etdi. Bundan tashqari mashg‘ulotning barcha ishtirokchilari narx bilan ishlash, mijozni "ЯВМ" usuli, "ИЦНС" texnikasi yordamida dasturlash, sotishda hikoya qilish mahorati va savdoda yordam beradigan boshqa usullarni qo‘llashga doir texnika va reaksiyalarni mashq qilishlari kerak bo‘ldi.

Biznes-trening faqat savdo-sotiq texnikasi bilan cheklanib qolmadi. Vladimir Yakuba savdo mutaxassislari duch keladigan stressni qanday qilib yengish mumkunligi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Rossiyalik mutaxassis tinimsiz ishlashga qanday moslashish mumkunligi, negativga munosabat bildirmaslik va nevrozlardan xalos bo‘lishga doir o‘z fikr-mulohazalarini tinglovchilar bilan o‘rtoqlashdi.

Vladimir Yakuba tadbirning faol ishtirokchilari va tashkilotchilariga o‘z kitoblarini sovg‘a qildi.

AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.

Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori