AKFA Group HR-mutaxassislari Mehnat vazirligi treningida tahsil olishdi

04.11.2021

«Korxonada mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha kadrlar bo‘limi xodimining javobgarligi qanday?» O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan AKFA Group kompaniyasining kadrlar bo‘yicha mutaxassislari uchun maxsus o‘tkazilgan treningda ushbu mavzu muhokama qilindi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, har qanday tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xodimlarni o‘qitishdan boshlanishi kerak. AKFA Groupning ishonchi komilki, nafaqat tegishli bo‘lim xodimlari, balki kadrlar bo‘limi xodimlari ham mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik asoslarini bilishlari zarur. Masalan, HR-mutaxassislar xodimni asosiy ishga yoki yarim kunlik ishga qabul qilishda, tibbiy xulosa asosida mehnat shartnomasini o‘zgartirishda va hokazolarda yodda tutishlari kerak bo‘lgan nyuanslar mavjud. Bularning barchasi va boshqa ko‘plab narsalar haqida xoldingning kadrlar bo‘limi xodimlariga gaprildi.

Trening kadrlar bo‘limi xodimlarining mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha bilim darajasini oshirish imkonini berdi. Mehnat vazirligi vakillari mehnatni muhofaza qilish yoʻnalishi boʻyicha qonunchilikda belgilangan hujjat aylanishi boʻyicha oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar. Korxonaning kadrlar bo‘limi xodimlari korxonalarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mas’uliyat taqsimoti bilan tanishdi va davlat organlari tomonidan tekshirishlar uchun hujjatlarni tayyorlash masalalarini atroflicha o‘rgandi.

Mehnat vazirligi vakillari yillik to‘lanadigan ta’til qanday hollarda uzaytirilishi mumkinligi, xodimning kasallik ta’tilida qancha vaqt qolishi mumkinligini tushuntirib berdi. Ofis xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha kirish brifingiga katta e’tibor qaratildi, kadrlar xizmati va mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni qanday yo‘lga qo‘yish kerakligi muhokama qilindi.

 Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislar ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va qayd etish haqida gapirib, shuningdek, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasbiy kasallik tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibini tushuntirdilar.

Treningda AKFA groupning kadrlar bo‘limi xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi «Xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi qaror ko‘rib chiqildi. Ushbu hujjat attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilotga qo‘yiladigan talablarga, mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning shikastlanish xavfi bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish kerak bo‘lgan ish joylari ro‘yxatiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi, ish joyidagi mehnat sharoitlari xaritasini to‘ldirishning va attestatsiya komissiyasiga xulosalar berishning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilandi.

AKFA Group xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislar ishtirokidagi bunday tadbirlar birinchi marta o‘tkazilayotgani yo‘q va u o‘z samarasini ko‘rsatib bo‘ldi. Xolding rahbariyati uchun asosiysi bu insonlar, ularning hayoti va salomatligi, shuning uchun, kompaniya o‘z korxonalarida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik choralarini yanada yaxshilashga harakat qilmoqda.

AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.

Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori