Liderning hissiy intellekti

14.12.2020

AKFA kompaniyalar guruhining korporativ universiteti xodimlar uchun chet ellik mutaxassis ishtirokida trening tashkil qildi.

23-24 oktyabr kunlari AKFA Group TOP-menejment va xodimlar uchun taniqli biznes-murabbiy, hissiy intellekt yo‘nalishida sertifikatga ega murabbiy Radislav Gandapas rahbarligida "Liderning hissiy intellekti" va "Rahbarlik xochi" mavzularida treninglar o‘tkazdi.

Radislav Gandapas - rahbarlik sirlari yo‘nalishi bo‘yicha rossiyalik eng taniqli mutaxassis. TOP 30 Global Gurus ro‘yxatining a'zosi. MDH spikerlari assotsiatsiyasi prezidenti. Yetakchilik va notiqlik sirlari mavzusidagi 10 ta kitob va 14 ta film muallifi.

Ikki kunlik trening davomida ishtirokchilar menejment resurslaridan unumli foydalanish, xodimlarni birlashtirish qobiliyati, shuningdek ularni umumiy maqsadlarga erishishga qanday jalb qilishni o‘rgandilar.

Ikkala trening boshliq va xodimlar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni oldini olish uchun turli xil vositalar va uslublarni o‘zlashtirishga qaratilgan. Shuningdek, treningda tinglovchilar qanday qilib o‘zlarini ham, boshqalarni ham samarali ruhlantirishlari mumkunligi, shuningdek, rahbar va lider boshqaruvining eng muhim farqlovchi tomonlari haqida gapirildi.

- Bo‘lib o‘tgan trening kompaniya rahbariyati uchun ham, xodimlar uchun ham katta ahamiyatga ega. Trening kompaniyaga “toza havo” olib kiradi, shuningdek odatiy holatga yangicha ko‘z bilan qarashga imkon beradi, - deydi "Korporativ universitet" bo‘limi rahbari Ozoda Saidkarimova. - Tinglovchilar treningda olgan barcha yangi bilimlari odatiy kundalik ishda o‘rganishlari qiyin bo‘lar edi.

Biznes-trener Radislav Gandapas mashg'ulot ishtirokchilariga asab tizimini zo‘riqishdan qanday qilib tezroq tiklash mumkunligini, shuningdek o‘z maqsadlariga erishish uchun energiyadan qanday samarali foydalanishni aniq ko‘rsatib berdi.

AKFA kompaniyalar guruhining korporativ universiteti kompaniyaning inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha turli treninglarni, bundan tashqari, treninglarga chet ellik mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘tkazadi.

AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.

Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori