OTM talabalari AKFA Visitor Centerda kurs ishlarini yozish uchun ilhom olishmoqda

06.10.2021

Toshkentdagi Webster universitetidan 30 nafar talaba AKFA Visitors Centerga tashrif buyurdi. AKFA Group mutaxassislari yoshlarning kompaniya ishlab chiqarish faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini inobatga olib, uning eng yirik texnologiya markaziga ekskursiya uyushtirdi. Talabalarning ta'kidlashicha, xoldingning innovatsion ishlanmalari bilan tanishish ularga kurs ishlarini yozish uchun asos yaratish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil fevral oyida AKFA Group universitetning xorijiy filiali bilan memorandum imzolagan edi. Shunday qilib, tomonlar, jumladan, iqtidorli talabalarni o‘qitish va ishga joylashtirish masalalarida hamkorlik qilishga tayyorliklarini bildirishdi.

AKFA Visitors Center umumiy maydoni 7200 kv.m bo‘lgan ikkita pavilyondan iborat. Bu ishlab chiqarish kompaniyasi tomonidan yaratilgan Markaziy Osiyodagi eng yirik markaziy mehmonxona. Visitor Centerga ekskursiya ingliz tilida tematik dars shaklida o‘tkazildi. Bir yarim soat davomida AKFA Group xodimlari o‘g‘il-qizlarga har bir mahsulot turi haqida batafsil gapirib berishdi va u yoki bu ishlanmalar qanday yaratilganini tushuntirishdi. Bu talabalarga ilmiy bilimlarning sanoatda qanday qo‘llanilishini tushunishga imkon berdi.

Bu ekskursiya bizga sanoat sohasi bilan yaqindan tanishish imkoniyatlarini ochdi. Biz talabalar uchun yirik kompaniyalarda g‘oyalar qanday paydo bo‘lishini tushunishimiz muhim. AKFA Groupning bu boradagi tajribasi xolding 20 yildan buyon muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib kelayotgani va uning mahsulotlari dunyoning o‘nlab mamlakatlarida xarid qilinishi bilan qadrlidir. Visitor Centerga tashrif buyurib, men ishlab chiqarish qanchalik hayajonli jarayon ekanligini tushundim va endi men aniq bilamanki, AKFA kabi kompaniyada ishlash men uchun qiziqarli bo‘ladi!” –  deydi Toshkentdagi Webster universiteti talabasi Dilnoza Vakilova.

Talabalarda xoldingning ishlab chiqarish faoliyati ko‘lami katta taassurot qoldirdi. Eslatib o‘tamizki, AKFA tashrif buyuruvchilar markazi kompaniya tomonidan uchta yo‘nalishda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni taqdim etadi:

- AKFA Windows&Doors — taniqli oyna va eshik tizimlari — alyuminiy va PVXdan yasalgan shaffof tuzilmalar, fasad tizimlari va aksessuarlari;

- AKFA Build — bu faoliyatning nisbatan yangi yo‘nalishi bo‘lib, unda asosiy e’tibor sanoat obyektlarini loyihalash va qurishga qaratiladi. Segment, shuningdek, qurilish materiallari va shahar yechimlarini o‘z ichiga oladi;

- AKFA Comfort — ineteryer uchun mahsulotlar, asosan, isitish tizimlari: alyuminiy, bimetalik, panelli va dizaynli radiatorlar, shuningdek, ikki davrali gazli qozonlar.

Aytish joizki, AKFA Group O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishni davom ettirish niyatida, chunki talabalar bilan ishlash va universitetlar bilan hamkorlik xolding korporativ ijtimoiy mas’uliyat sohasidagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.

Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori