Kelajakka madad: stipendiya dasturi va ta’lim sohasini qo‘llab-quvvatlash

21.01.2021

Zamonaviy dunyoda ta'lim sohasi yetakchi kompaniyalar va korporatsiyalar e’tiboridan chetda qolmoqda. Biroq, ta'lim muassasalari bilan hamkorlik xodimlar bilan ishlashning umumiy tizimida muhim tarkibiy qism sifatida qaraladi.

Ta'lim muassasalari AKFA Groupning strategik hamkorlari bo‘lib, ular bilan o‘rnatilgan amaliy aloqalar kompaniyaning xodimlarni tayyorlashga bog‘liq bo‘lgan deyarli barcha muammolarni tezlik bilan hal qilishga imkon yaratadi.

AKFA Group salmoqli tajribaga va mukammal ma'lumotga ega bo‘lgan nomzodlarni ham, mehnat faoliyatiga ilk qadam qo‘yayotgan bitiruvchilarni ham, oliygohni endi tamomlayotgan talabalarni ham birdek qadrlaydi, rag'batlantiradi va ishga qabul qiladi.

Agar yosh xodim ilmga chanqoq, istiqbolli va intiluvchan bo‘lsa, u holda AKFA Group uning kasbiy rivojlanishiga albatta hissa qo‘shadi. Kompaniya samarali xodimlarni tayyorlashga imkon yaratuvchi loyihalarni amalga oshirishni allaqachon boshlab yuborgan.

AKFA Groupning ta’lim muassasalari bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot, tor ixtisoslashgan sohalarda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, xodimlarga ta’lim berish, mutaxassis zaxirasini shakllantirishga qaratilgan o‘zaro aloqalarini uzoq muddatli hamkorlikka yo‘naltirish va takomillashtirish maqsadida texnik, kimyoviy va arxitektura profilidagi kompleks dasturi tasdiqlangan.

Kompleks yondashuv

AKFA Group ixtisoslashgan ta'lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlashning bir necha usullarini yo‘lga qo‘ygan:

  • oliygohni zamonaviy jihozlash, ixtisoslashtirilgan o‘quv xonalarini qurish, maxsus adabiyotlarni sotib olish va hk.;
  • kompaniyaning yetakchi amaliyotchilari tomonidan talabalarga ma'ruzalar o‘qish;
  • imkon qadar ko‘proq ma'lum bir sohaning taniqli mutaxassislari ishtirokida ilmiy konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish;
  • kompaniya bo‘limlari va idoralarida talabalar uchun amaliyot tashkil etish va h.k.

 

Bugungi kunda Toshkent shahridagi Inha universiteti va Turin politexnika universitetida ixtisoslashgan AKFA-o‘quv xonalarini qurilishi jadal davom etmoqda.

Bu o‘quv xonalarda talabalar o‘zlarini kasbiy sinovdan o‘tkazish, bo‘lg’usi mehnat faoliyatlari uchun chuqur bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish imkoniga ega bo‘ladilar. Xolding rahbariyati mahorat darslari o‘tkazishni, o‘zaro tajriba almashishni va murakkab keyslarni ko‘rib chiqishni maqsad qilgan. Qisqa qilib aytganda, har bir talaba AKFA Groupda kerakli yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus bilim va tajribalarni to‘plash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tez orada AKFA-o‘quv xonalari Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida ham ish boshlaydi.

Shu bilan birga, AKFA Group Toshkent shahridagi Yeoju Texnika Instituti bilan imzolangan memorandum doirasida oliygoh hududida RND markazini ochishni rejalashtirmoqda. Bu talabalarga amaliy tajriba olishga va ularni AKFA Groupning "mehnat maydoni"dagi sharoitlarga tayyorlashga yordam beradi.

Talabalar uchun grantlar

Talabalarning ijodiy faolligini rag'batlantirish, ularning malakasini oshirish, kasbiy kamol topishini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy muammolarni hal qilish maqsadida talabalar uchun maxsus grantlar tashkil etildi.

Ushbu amaliyot kompaniya tomonidan uch yil davomida amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, 2019-2020 yillarda AKFA Group Xoldingda yarim kunlik faoliyat yuritayotgan 13 ta talabaga to‘lov-kontraktini to‘lab berdi.

Yoshlar puxta tuzilgan tanlovlardan, shu jumladan texnik qobiliyatlarni aniqlash uchun bir necha analitik, mantiqiy fikrlash sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdilar va o‘zlarini istiqbolli, olg’a intiluvchan nomzod sifatida ko‘rsata oldilar.

Natijada, AKFA Group bir necha yuz nomzodlar orasidan 13 nafar o‘g'il-qizlar tanlab oldi, ular hozirgi kunda bir vaqtning o‘zida ham kompaniyada muvaffaqiyatli faoliyat yuritib, ham oliygohda ta’limni davom ettirmoqdalar. Ular allaqachon amaliyotni boshlab yuborishgan va o‘z g'oyalari asosida loyihalarni amalga oshirishmoqda. Bu haqda Turin politexnika universitetining 20 yoshli talabasi Ilhombek Noilbekov Xoldingdagi tajribasi haqida so‘zlab berdi:

 - AKFA Groupga ishga kirish uchun men bir nechta murakkab test topshiriqlarini topshirdim, shu bilan birga ikkita suhbatdan o‘tdim. Mening raqobatdoshlarim universitetimizning talabalari edi. Nomzodlar hammasi bo‘lib 40 kishini tashkil etdi. Sinov so‘nggida tanlab olingan to‘rt kishi orasida men ham bor edim. 2019 yil noyabr oyidan men RND departamentining muhandislik bo‘limida yordamchi sifatida ish faoliyatimni boshladim.

AKFA Groupda ishlash juda ham qiziqarli. Hozirda biz ishlab chiqarishni optimallashtirish loyihasini amalga oshirmoqdamiz. Ushbu g'oya kompaniyaning Denis Ermolaev rahbarligi ostidagi   muhandislik bo‘limiga kelib qo‘shilmasimdan oldin paydo bo‘lgan. Biz bu g’oyani yanada rivojlantira oldik, shuningdek foydalanish qulay bo‘lish uchun veb-sayt va mobil dastur ishlab chiqdik. Bizning tajribamiz ishlab chiqarishda yuzaga keladigan muammolarni tezroq hal qilishga imkon beradi. Misol uchun, biz videokameralar yordamida ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlarni aniqlashga imkon beruvchi moslama yaratdik.

Men kompaniyada muvaffaqiyatli faoliyat yuritishim uchun keng imkoniyatlar ochilgan deb hisoblayman. Faqat universitetdagi ta’lim bilan cheklanib qolganimda bunday bilim va tajriba olmagan bo‘lardim. Bundan tashqari, kompaniya mening o‘qishim uchun pul to‘laydi, shu bilan birga, talaba bo‘lishimga qaramasdan, men qiziqarli ish bilan shug'ullanaman va ish haqi olaman.

AKFA Group uchun ta'lim sohasidagi ishlar va iste'dodli yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyaning global vazifasining muhim qismidir. Mamlakatda ta'limni rivojlantirishga ko‘maklashish Xolding uchun o‘zining HR-brendini ommalashtirishga va kompaniya faoliyatiga muhim bo‘lgan yosh xodimlarni yetishtirib chiqarishga imkon beradigan muhim ijtimoiy loyihaga aylandi.

AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.

Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori