AKFA Group kompaniyasi R&D bo‘limi boshlig‘i Nodira Isamiddiona Yeoju Technical Instituteda «Fikr bormi? Yechim ham bor!» mavzusida taqdimot o‘tkazdi.

16.11.2021

AKFA Group ta’lim sohasini qo‘llab-quvvatlash va talabalarni xolding faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilishga katta e’tibor qaratadi. Kadrlar tayyorlashda ishtirok etish grant dasturlarini, «AKFA Classes» loyihasini, shuningdek, kompaniyaning yetakchi mutaxassislari va top-menejerlari tomonidan talabalar uchun muntazam ma’ruzalar va amaliyotlarni o‘z ichiga oladi.

Yeoju Technical Institute in Tashkentda yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. «Fikr bormi? Yechim ham bor!» taqdimoti davomida R&D (Research and Development) bo‘limi boshlig‘i Nodira Isamiddinova mahsulotlar kontseptsiyalarini amalga oshirish va ishlab chiqishning muhim bosqichlari haqida gapirib berdi. AKFA Group tuzilmasi va ishlab chiqarish metodologiyasi mavzusiga to‘xtalib o‘tildi.

– Muayyan ishlanmani amalga oshirishni taklif qilishdan oldin biz loyihaga to‘liq sho‘ng‘ib ketamiz, bozordagi mavjud vaziyat va narxlarni o‘rganamiz, import, raqobatchilarni tahlil qilamiz, potentsial talab va uni rag‘batlantirish yo‘llarini aniqlaymiz. Har bir mahsulot yoki xizmat oxirgi iste’molchiga yetguncha ko‘plab bosqichlardan o‘tadi. AKFA Groupdagi g‘oyalar, ishlanma, ishlab chiqarish, amalga oshirish va marketing eng shijoatli mutaxassislarni to‘plagan ilg‘or ilmiy-tadqiqot bo‘limini birlashtiradi. Bizning bo‘limda biz yangi mahsulotlarni ishlab chiqish va butun bir sanoatni yaratish ustida ishlaymiz. Yechimlarimizni mamlakatimizda va chet elda sinab ko‘ramiz.

Ikki yil davomida ilmiy-tadqiqot departamenti o'nlab deraza-eshik va fasad yechimlarini ishlab chiqdi, sinovdan o‘tkazdi va amalga oshirdi, 50dan ortiq loyihalarni, shu jumladan xayriya sohasidagi loyihalarni tayyorladi.

AKFA Group spikerining taqdimoti talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Savol-javoblar sessiyasida Nodira Isamiddinova deraza-eshik va fasad tizimlarining afzalliklarini sanab o‘tdi, uysiz itlar uchun «Mehr» boshpanasi haqida gapirib berdi, loyihalash jarayonlari va kompaniyaning eng yirik ko‘rgazma-zali — Visitor Center tashkil etilishi haqida ma’lumot berdi, shu bilan birga, poytaxt markazida qurilayotgan loyiha — xolding shtabini namoyish etdi.

Soha yetakchilari – kompaniya vakillarining ochiq ma’ruzalarini o‘tkazish kompaniya uchun mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo‘lib, allaqachon an’anaviy amaliyotga aylanib bormoqda. Yeoju Technical Institute in Tashkentga bildirilgan ishonch va talabalarni tayyorlash dasturini amalga oshirgani uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz

AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.

Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori