AKFA Group hamkorlar bilan ishlash bo‘yicha ikki kunlik strategik sessiya o‘tkazdi

22.04.2022

14-15-aprel kunlari AKFA Groupda kompaniyaning xorijiy vakolatxonalar xodimlari bilan aloqa tizimini takomillashtirishga qaratilgan strategik sessiya bo‘lib o‘tdi. Kompaniyaning yetakchi bo‘linma rahbarlari bilan birgalikda hamkorlar dolzarb muammolarni hal qilish yo‘llarini muhokama qildilar.

O‘zaro manfaatli ish hamkorligi va shaffof muloqot AKFA Groupning strategik maqsadlaridandir. Kompaniya hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlashga alohida e’tibor qaratadi, shu bois xolding muntazam ravishda strategik sessiya o‘tkazib turadi, unda turli mamlakatlardagi hamkorlarini turli muammolarni muhokama qilish va hal etish, shuningdek, kompaniyaning strategik rejalariga bog‘liq eksport salohiyati samaradorligini oshirish uchun taklif etib boradi.

Strategik sessiyaning birinchi kuni Gruziya, Litva, Ukraina, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondan bo‘lgan hamkorlarni AKFA Group asosiy bo‘lim rahbarlari bilan tanishtirishga bag‘ishlandi. Uchrashuvda kompaniya mutaxassislari mehmonlarni o‘z bo‘limlari faoliyati va aktual loyihalari bilan tanishtirdilar, o‘zaro tajriba almashdilar hamda ular bilan global, strategik vazifalar va kelgusi yilga mo‘ljallangan uzoq muddatli rivojlanish rejasini muhokama qildilar.

Biz ilg‘or jahon tajribasiga asoslangan, o‘ziga xos HR tizimini barpo etmoqdamiz, bu esa kelgusida oldimizga yanada keng imkoniyatlar taqdim qiladi, – deydi HR bo‘limi boshlig‘i Go‘zal G‘aniyeva, – ilg‘or tajribalarni o‘rganib, ularni korxonamizda qo‘llash orqali, o‘ziga xosligimizni hisobga olib, kompaniyani yanada rivojlantirish yo‘lida katta qadamlar tashlamoqdamiz. Aynan shu sababli, bizning shiorimiz “kecha rekord, bugun reja” bo‘lib, uni xodimlar o‘rtasida muvaffaqiyatli taqsimlamoqdamiz.

Strategik sessiyaning ikkinchi kunida ishtirokchilarga SMART tizimi va SWOT-tahlil usuli haqida batafsil ma’lumot berildi. Sessiya moderatorlari mehmonlarni jamoalarga bo‘lishdi, so‘ngra AKFA Group marketing bo‘yicha maslahatchisi Dmitriy Rozanov hamkorlar oldiga NPS IMZO ko‘rsatkichlarini oshirish g‘oyalarini va E-commerce orqali sotish konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi.

Jamoalar uch soat davomida kompaniyaning kuchli va zaif tomonlar, tahdid va xatarlarini tahlil qilishdi. Ishtirokchilar jamoadagi ishlar samarali bo‘lgani va SMART usuli yordamida qo‘yilgan vazifalarni hal qilish bo‘yicha qiziqarli tashabbuslarni yaratish imkonini berganligini ta’kidladilar. Shu bilan birga, barcha ishtirokchilar brendning yuqori darajada taniqli ekanligini, eng so‘nggi Yevropa uskunalari va kompaniyaning rivojlangan infratuzilmasini xoldingning kuchli afzalliklari sifatida ta’kidladilar.

Strategik sessiyada jami 6 davlatdan 30 dan ortiq hamkorlar ishtirok etdi. Ayni paytda AKFA tarmog‘ining butun O‘zbekiston va MDH mamlakatlari bo‘ylab filiallari mavjud.

AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.

Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori