AKFA FutureStep dasturi bo‘yicha qanday qilib grantni qo‘lga kiritish mumkin: mutaxassislar maslahati

15.05.2021

AKFA Group mutaxassislari texnik universitetlar talabalari uchun ajratiladigan grant dasturi to‘g‘risida so‘zlab berishdi va barcha bosqichlar uchun tanlov mezonlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Kompyuter texnologiyalari va raqamlashtirishning rivojlanish sur’ati talab qilinadigan kasblar uchun yangi ohang yaratdi. Bugungi kunda IT va kompyuter muhandisligi bo‘yicha mutaxassislar birinchi o‘ringa chiqdi.

RND-markaz direktori Alisher Sirojiddinov, AKFA Group korporativ universiteti rahbari Ozoda Saidkarimova va IT-markaz direktori Dmitriy Jukov AKFA FutureStep-ning saralash bosqichlari qanday o‘tkazilayotgani va talabalar hujjatlarni topshirishda nimalarga e’tibor berishlari kerakligi haqida ma’lumot berishdi.

Grantlar dasturi e’lon qilish g‘oyasi qanday paydo bo‘ldi

Alisher Sirojiddinov: “Bugungi kunda mehnat bozorida texnik soha mutaxassislarining yetishmovchiligi kuzatilmoqda. Bu, ayniqsa, IT va kompyuter muhandisligi sohasidagi yuqori malakali kadrlarga taalluqlidir. Shu sababli, grantlar yaratish g‘oyasi paydo bo‘ldi.

Kamron G‘ulomov (AKFA Group bosh direktori) yakuniy qarorlarni qabul qilishga undadi: biz qisqa vaqt ichida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan loyihani boshladik. Va butun kuchimizni ushbu loyihaga sarflab, qolgan ishlarni to‘xtatib turishimizga to‘g‘ri keldi. Shunda kadrlarni o‘zimiz tayyorlashimiz, universitetlarni tugatgandan so‘ng darhol kompaniyada ishlay oladigan talabalarni jalb qilishimiz zarurligini o‘ylab qoldik.”

Dmitriy Jukov: “Yoshlarni grantlar yordamida qo‘llab-quvvatlash yangilik emas. Bizning kompaniyamizga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu dastur iqtidorli va ilg‘or fikrlaydigan talabalarni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbiri. Ushbu dastur sizga yoshlar bilan maqsadli hamkorlik olib borishga imkon beradi va ularga fikr, g‘oyalarini O‘zbekistondagi eng yirik ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan birining top-menejmentiga yetkazish imkoniyatini beradi.”

Ozoda Saidkarimova: “Ba’zi bir sohalar bo‘yicha mutaxassislarning yetishmasligi sababli biz grantlar dasturini yaratishga qaror qildik. Shu sababli, kompaniya universitetlarda o‘qitish bosqichida ishlash uchun kelajakdagi mutaxassislarni topish kerak degan xulosaga keldi. Bizda hamkorlik qiladigan ta’lim muassasalari mavjud. Bular Vebster, Inxa, Turin politexnika universiteti va boshqalar. Imkoniyatli eng istiqbolli talabalar grantlardan biriga, kelajakda esa AKFA Group jamoasi tarkibiga kirishi mumkin.

AKFA FutureStep dasturining asosiy maqsadlari nimalardan iborat

Alisher Sirojiddinov: Grant olish iqtidorli talabalar uchun oqish va yanada rivojlanish uchun o‘ziga xos rag‘batdir. Kelajakda biz nomzodlar bilan hamkorlikni davom ettiramiz. Bu yoshlar uchun Ozbekistondagi eng yirik kompaniyalardan birida ishlash jarayonida nazariy konikmalarini amaliy konikmalarga aylantirish uchun ajoyib imkoniyatdir. Ammo dasturning asosiy maqsadi yosh istedodlarni oqitish, rivojlanish va intilishlarida qollab-quvvatlashdir.

Dmitriy Jukov: Biz ishlab chiqaruvchi kompaniyamiz va oz tajribamizga kora bu yonalishda kadrlar etishmasligini sezmoqdamiz. Buni anglagan kompaniya rahbariyati ushbu sohani orta muddatli istiqbolda mustahkamlash zarurligi togrisida qaror qabul qildi. Loyihaning vazifalari:

1) talabalarni qollab-quvvatlash dasturini ijtimoiy ahamiyatga ega yonalish sifatida ishlab chiqish;

2) umuman kompaniyaning kasbiy sohalarini kengaytirish;

3) Inson resurslarini rivojlantirish.

Kompaniya rahbariyati ijtimoiy masuliyatli kompaniya sifatida zimmamizga yuklatiladigan javobgarlikka katta ahamiyat beradi.

Ozoda Saidkarimova: “AKFA FutureStep grantlarini olish talabalar nafaqat akademik soatlar ichida, balki mustaqil ravishda rivojlanib borishini nazarda tutadi. Masalan, 25 ta grantdan birining egasi uni oqish uchun asbob-uskunalar, turli xil kompyuter dasturlarini sotib olishga yoki kurslar uchun pul tolashga ishlatishi mumkin. Grantni qanday tasarruf etish talabaga bogliq.

Nomzodlarni tanlash mezonlari qanday

Ozoda Saidkarimova: “AKFA FutureStep grantlarini olish talabalar nafaqat akademik soatlar ichida, balki mustaqil ravishda rivojlanib borishini nazarda tutadi. Masalan, 25 ta grantdan birining egasi uni oqish uchun asbob-uskunalar, turli xil kompyuter dasturlarini sotib olishga yoki kurslar uchun pul tolashga ishlatishi mumkin. Grantni qanday tasarruf etish talabaga bogliq.”

Alisher Sirojiddinov: “Dastlab tanishish bevosita tegishli bolimlar rahbariyati tomonidan amalga oshiriladi. Asosiy etibor kompaniya uchun eng muhim taklif va loyihalarga qaratilgan.

Ammo bu asosiy yoki mavjud bolmagan loyihalar professional manfaatlar doirasiga kirmaydi degani emas. Agar loyiha salohiyatni namoyon qilsa yoki talaba fan sohasiga chuqur singib ketgan bolsa, demak, bu grant olish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Dmitriy Jukov: “Menimcha, biz AKFA FutureStep grantlaridan foydalanishda biron bir asos belgilashimiz kerak. Oxir oqibat, odamlar bizning oldimizga kelishadi, natijaga etibor berishadi va oz maqsadlaridan aniq xabardor bolishadi.

Grant olish bosqichiga oz mehnati, matonati va qatiyati bilan erisha olgan yigitlar ushbu potentsial imkoniyatdan suiistemol qilishayotganiga shubha qilmayman.

Talabalarning motivatsion xatlari haqida

Alisher Sirojiddinov: Kiruvchi xatlarni organib chiqib, ekspert komissiyasining har bir azosi malum mezonlarga etibor beradi. Masalan, men uchun taqdimotning ketma-ketligi muhimdir, shunda xatda mantiq bor. Hikoyaning tuzilishi tufayli oquvchining qanday aql-idrokka ega ekanligini, u togri yonalishda fikr yuritadimi-yoqligini tushunish mumkin. Har holda, komissiyaning har bir azosi xatlarni oz nuqtai nazaridan baholaydi. Keyin biz hamma narsani birgalikda muhokama qilamiz va eng istiqbolli tanlovda umumiy qarorga kelamiz.

Dmitriy Jukov: “Siz tushunishingiz kerakki, bu holda bu imtihon emas, balki istiqbolli grant egalari ozlarini korsata oladigan ochiq maydoncha. Har bir sozni aniq oylash, olchash, fikrlashning tizimli xususiyatlarini korsatish va istiqbollarni anglash imkoniyatini berish uchun imkoniyat beriladi. Mening fikrimcha, ushbu format dialogning eng ochiq shaklini nazarda tutadi, chunki motivatsiya xati ijobiy munosabatda bolgan taqdirda nafaqat grant olish, balki kelgusidagi hamkorlik ham nazarda tutiladi va bu haqiqatan ham yaxshi istiqboldir.

Ozoda Saidkarimova: “Turli motivatsion xatlar mavjud. Bugungi yoshlar shijoatli, uzoq maqsad va rejalarga ega ekanligidan xursandman. Bu kelajakda Ozbekiston uchun katta plyus. Avvalo, talabaning maqsadi, uning kompaniyaga sodiqligi etiborga olinadi. Bularning barchasi mezonda korsatilgan.”

Bir masalada mutaxassislarning fikri bir joydan chiqdi: ko‘p sonli xatlarda mohiyat juda ixcham shaklda aks ettirilgan. Bu 21-asr talabalari tizimli fikrlash, maqsadga dadil intilish va yuqori maqsadlarga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Grant olish uchun talabalar uchun ko‘rsatmalar

Alisher Sirojiddinov: “Men grantga davogarlarga, avvalambor, motivatsiya xati yozishda dadilroq bolishni maslahat beraman. Sizning yonalishingizni global miqyosda yoritilishidan qorqishning hojati yoq, asosiysi asosiy narsaga etibor qaratish, mavzudan chetga chiqmaslik.

Dmitriy Jukov: “Cheksizlikni anglashga urinishning hojati yoq. Ariza beruvchining ozi uchun tushunarli bolgan har qanday aniq holat, uni avtomatik ravishda maydonning galaba qozongan yarmiga olib boradi. Nimani bilganingizni va nimani tushunganingizni yozing, chunki keyingi muloqot siz ornatgan mavzu atrofida boladi.
Shuni esda tutish kerakki, motivatsion xatlarni baholaydigan menejerlar katta tajribaga va dunyoqarashga ega bolgan amaliyotchilardir. Motivatsion xat aslida birinchi uchrashuv, shuning uchun u mutaxassislarda togri taassurot qoldirishi muhimdir.

Ozoda Saidkarimova: “Oz navbatida, oquvchilar motivatsiya xati tuzishda koproq etibor berishlarini aytmoqchiman. Shoshilmang, yana oqing. Va, albatta, hayotiy maqsadlaringiz va orzularingiz togrisida gaplashayotganda koproq xotirjam bolishga harakat qiling. Har kimning imkoniyati borligini unutmang. Shuning uchun, bu sizning istedodingizni namoyon etishga arziydi, bu sizga grant olishga yaqinlashishingizga yordam beradi.

20 may kuni arizalarni qabul qilish bosqichi tugaydi. Undan keyin ikkinchi bosqich – baholash boshlanadi. Uni AKFA Group mutaxassislari va top-menejerlari olib boradi.

Dastur iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan bo‘lib, intellektual va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishni rag'batlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga mo'ljallangan.

AKFA Future Step “Moliya”, “Muhandislik”, “IT-texnologiyalar” yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekistondagi universitetlarning uchinchi bosqich talabalariga mo‘ljallangan.

Ariza topshirish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun: futurestep.akfagroup.com

AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.

Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori