Raqamli transformatsiya strategiyasi kompaniyaga nega kerak?

22.01.2021

Bugungi kunda biznesni raqamlashtirish faqat elektron hujjat aylanishiga o‘tish bilan cheklanib qolmaydi.  Raqamli transformatsiya haqida gap ketganda, biz ishlab chiqarish madaniyati va korxonalarni boshqarish uslubini o‘zgartirishga imkon beruvchi zamonaviy texnologiyalarning majmuini nazarda tutamiz.  Raqamli yechimlar tufayli dunyodagi  ko’pgina kompaniyalar xodimlar va sanoatdagi uskunalar samaradorligini oshirmoqdalar. Shu bilan birga, mijozlarga yaxshiroq xizmat ko‘rsatish va biznes olamidagi raqiblariga nisbatan muvaffaqiyatga tezroq erishadilar.

Raqamli texnologiyalar sanoatda ko‘plab imkoniyatlarni yaratadi, ammo bu imkoniyatlarni amalga oshirish uchun malakali kadrlarga ehtiyoj katta.  Shu sababdan AKFA Group kompaniyani raqamlashtirish va avtomatlashtirish vazifasini bajaruvchi IT-markazini ochdi.  IT-markaz xodimlari Navoiy viloyatida joylashgan BENKAM va AKFA Plast zavodlarida MES, ya’ni texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini joriy etish bo‘yicha ishlarni yakunladilar.

MES – bu operatsion rejalashtirish va ishlab chiqarishni boshqarish muammolarini hal qilish uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan dasturiy-texnik kompleks.  Tizim ishlab chiqarish jarayonini sinxronlashtirish, tahlil qilish va optimallashtirishga yordam beradi.

AKFA Group IT-direktori Dmitriy Jukov ishlab chiqarishni avtomatlashtirish zarur bo‘lgan vaziyatlar va MES nima ekanligi haqida batafsil so‘zlab berdi.

Dmitriy, aytingchi, tobora ortib borayotgan tovar aylanmasini uddasidan chiqish uchun AKFA Group chindan ham ishlab chiqarishni avtomatlashtirishi shartmi?

- Ha, albatta.  Kichik yoki o'rta korxonani boshqarish haqida gap ketganda, siz texnologik, ma’muriy, moliyaviy muammolarni qiyinchiliksiz nazorat ostida ushlab turishingiz mumkin, ammo agar kompaniya AKFA Group singari ishlab chiqarishning yuqori darajalarini belgilab olgan bo‘lsa va kompaniya rivojlanishda hatto “o‘z-o‘zini ortda qoldirayotgan” bo‘lsa, unda jarayonni avtomatlashtirish va IT-texnologiyalaridan foydalanish zarur bo‘ladi. Jarayonlarni raqamlashtirish bo‘yicha xolding rahbariyati tomonidan belgilangan kurs aynan o‘z vaqtida qabul qilingan va uni amalga oshirish imkoniyati mavjud.  Hozirda biz ushbu rejalarni amalga oshirish uchun astoydil izlanyapmiz.

IT-texnologiyalarni qollash nuqtai nazaridan MES dasturiy-texnik kompleksi haqida koproq malumot olishni istardikBu kompleksning oziga xos xususiyati nimada, qanday ishlaydi va nega zavodlarimiz bu kompleksga muhtoj?

- Eng avvalo, MES dasturiy mahsulotning nomi emas, balki “manufacturing execution system” so‘z birikmasini qisqartmasi bo‘lib, tarjimada “ishlab chiqarish jarayonini boshqarish tizimi” degan ma’noni anglatishini aytib o‘tishim kerak.  Bunday tizimni joriy etish o‘ziga xos yangilik emas, aksincha bu dunyoda qabul qilingan umumiy amaliyotdir.  Kompaniya katta ishlab chiqarish hajmiga erishgandan so‘ng, uni avtomatlashtirishga zarurat tug’iladi.  Katta sanoat korxonalarida har bir mashinaning ishlab chiqarish vaqtini hisobga olish o‘ta muhimdir.  Afsuski, biz boshqarish uchun har bir mashinaga ishchilarni biriktirib qo‘ya olmaymiz.  Shu sababdan, bu jarayonda MESdan foydalanish maqsadga muvofiq.  Menimcha, MES har qanday yirik sanoat korxonasiga zarur, chunki kompaniyadagi yagona noyob resurs - bu vaqt.  MES yordamida esa biz belgilangan muddatdan tashqari ishlab chiqarish uchun qo‘shimcha vaqtga ega bo‘lishimiz mumkin.

Juda ta’sirli natija. Aytingchi, qanday qilib ushbu tizim yordamida siz qo‘shimcha ishlab chiqarish vaqtiga ega bo‘lishingiz mumkin?

- Bu jarayonni iloji boricha soda qilib tushuntirishga harakat qilaman. Mahsulot yoki yarim tayyor mahsulot ishlab chiqariladigan har bir maydonchaga terminallar o‘rnatilgan.  Ular ish vaqtini belgilash uchun barcha agregatlarga ulangan. Buning natijasida terminallar mashinaning qancha vaqt ishlagani, qancha vaqt bo‘sh turganini qayd etib boradi, so‘ngra ushbu ko‘rsatkichlar o‘rganiladi va tahlil qilinadi.

Ishlab chiqarish bog‘liq jarayonning to‘xtab qolish holatlari  yuzaga kelishi mumkin, masalan, uskunalarni reja asosida ta’mirlash yoki texnologik jarayon bog‘liq bo‘lgan boshqa harakatlar tufayli.  Shuningdek, ishlab chiqarishga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra ham jarayon to‘xtab qolish holatlari yuzaga kelishi mumkin, misol uchun bunday holatlar xomashyo yetishmasligi sababli ro‘y beradi. Kompaniya bu hodisalarni zavod bilan birgalikda o‘rganib chiqib, uskuna bilan ishlaydigan xodimlarga to‘xtab qolgan jarayonning vaqtini qayd etishga imkon beradi.  Shu orqali biz uskunalarning qancha vaqt davomida ishlamay qolishiga bog‘liq to‘liq ma’lumotga ega bo‘lamiz. Bunday holatlarni o‘rganib chiqib, biz mutaxassislar bilan birgalikda korxona va asbob-uskunalarning samaradorligini oshirish uchun qanday yo’l tutish kerakligini belgilab olamiz.

Bizga malumki, AKFA Group bu usulni ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq qilish uchun Turkiyaning Trexdcas kompaniyasining MES dasturiy-texnik kompleksini tanlaganBu tanlov aynan nimaga bogliq? Xolding boshqa muqobil dasturlarni ham ko'rib chiqdimi?

- Albatta, muqobil variant sifatida bir qator boshqa MES dasturlari, jumladan Yevropa va Amerika ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlarini ko‘rib chiqdik.  Ammo aynan turkiyalik homiylar bizga to‘liq, aniq va hamyonbop yechimni taklif qilishdi. Biz turkiyalik hamkasblarimizdan nafaqat barqaror dasturiy ta’'minot, balki xodimlar ishlab chiqarish uskunalari bilan o‘zaro aloqada bo‘lishlariga imkon yaratuvchi texnik vositalarni ham olishga muvaffaq bo‘ldik.  Ushbu dasturiy-texnik kompleksning o‘ziga xos xususiyati uning ko‘p qirraligi bilan bog‘liq. Turkiyalik hamkasblarimizning ishlab chiqqan dasturi amaldagi moslashuvchanligi bilan bizning barcha ehtiyojlarimizni qoplaydi.

MES dasturini ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etilishi qancha vaqt davom etdi va bu jarayonda siz biron bir qiyinchilikka duch keldingizmi?

- MES dasturini pandemiya vaqtida, ya’ni turkiyalik hamkasblarimiz bu jarayonda amaliy yordam ko‘rsata olmagan vaqtda amalga oshirdik, lekin bu bizga ko‘proq tajriba orttirishga imkon berdi.  Avvalo, biz texnik jarayonni amalga oshirishimiz kerak edi, ya’ni terminallarni o‘rnatish, ularni mashinalarga ulash.  Ikkinchidan, biz ko‘p vaqtni korxona rahbarlari va xodimlar bilan ishlashga sarfladik.  Aytaylik, men zavoddaman, ishlayapman, bu yerda ishlab chiqarish bilan bilvosita munosabatda bo‘lgan xodimlar oldimga kelib: "Biz sizga qanday qilib yaxshiroq ishlashni o‘rgatamiz", deyishadi.  Siz esa ularga MES dasturi nima ekanligini, nima uchun kerakligini va qanday foyda keltirishi mumkunligini tushuntirish uchun ko‘p vaqt va kuch sarflashingizga to‘g‘ri keladi.  Uchinchidan esa, biz ishlab chiqarish ma’lumotlarini to‘plashimiz kerak edi.  Agar ishlab chiqarish oddiy va bir tipda bo‘lsa, bunday ma’'lumotlar qisqa muddatda, olti oy ichida yig‘iladi. Biroq ishlab chiqarish murakkab va ko‘p yo‘nalishli bo‘lsa, unda ushbu ma’lumotlarning o‘zaro bog‘liqligini aniqlash ko‘proq, bir yilgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga olishi mumkin. Tizim qancha ko‘p ishlasa, ma’lumotlar shunchalik ishonchli bo‘ladi.

Agar vaqt haqida gapiradigan bo‘lsak, ilk tajriba sinovi Navoiy viloyatidagi BENKAM va AKFA Plast zavodlarida olti oy ichida amalga oshirildi. Shu bilan birga, biz ushbu korxonalarda uskunalarning to‘xtab qolishini tahlil qilishga qaratilgan muhim ma’lumotlarni 2020-yil dekabr oyida olishni boshladik.

Shuni ta’kidlab o‘tishim lozimki, Xolding Bosh direktorining birinchi maslahatchisi Vladimir Aleksandrovich Pipkinning yordamisiz ushbu loyiha o‘z vaqtida bajarish murakkab bo‘lar edi.  IT-sohasi bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lmagan, ammo loyihaga jon-jahti kirishgan va ish jarayonida barcha kerakli bilimlarni ololgan inson bilan birga ishlash juda quvonarli.

MES dasturini Xoldingning boshqa ishlab chiqarish obyektlarida amalga oshirishni rejalashtiryapsizmi?

- Albatta.  Biz allaqachon tizimning texnik qismini radiator zavodida joylashtirganmiz, ishlab chiqarish ko‘p tarmoqli bo‘lgan IMZO zavodida MES dasturini amalga oshirishga tayyorgarlik deyarli amalga oshirilgan.  IMZO zavodida deraza tizimlarini yig‘ish qo‘lda amalga oshiriladi, shu sababdan uning ishlashini o'lchash uchun mashinadan yoki mexanizmdan emas, balki ma’lum bir xodimnng ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish kerak bo‘ladi. Bu biz uchun yangi qiziqarli tajriba .

Bundan tashqari, biz MES dasturini Jomiy-2 zavodida amalga oshirishga kirishyapmiz, bu zavod BENKAM bilan o‘xshash. Umid qilamanki, Jomiy-2 zavodida Navoiyda to‘plagan ilk tajribamizni bemalol amalga oshiramiz.

BENKAM zavodida MES tizimi 2020-yil 1-iyundan beri ishlab kelmoqda. Shu vaqt ichida korxona qanday natijalarga erishdi?

Tizimni aslida iyun oyida ishga tushirdik.  Bundan oldin biz u yerda texnik qismni o‘rnatdik, ya’ni kabel tizimlarini yotqizdik.  BENKAMda simlarning uzunligi 30 km dan oshar edi va ularning barchasi ulanishi kerak edi.

MES dasturini Navoiyda joriy etilishining asosiy natijasi shundaki, rahbariyat, boshqaruvchi ham, shuningdek, texnik bo‘linma xodimlari ham zavoddagi vaziyatni o‘rganish, tahlil qilish, so‘ngra ishlab chiqarishga doir to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga imkon beruvchi to‘liq ma’lumotlarga oladilar. Shuni ta’kidlab o‘tishim kerakki, MES - bu kundalik amalga oshiriladigan tashkiliy faoliyatga bog‘liq qismdir, chunki ishlab chiqarish qismiga javobgar bo‘lgan barcha boshqaruvchilar har kuni yig‘ilib, ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan to‘xtalish sabablarini o‘rganish uchun o‘tgan kun natijalarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘ladilar.  Shunday qilib, MES dasturini joriy etilishi ishlab chiqarish madaniyatini qayta shakllanishiga olib keladi va natijada korxona boshqaruviga yondashuv ijobiy tomonga o‘zgarib bormoqda.

Ishlab chiqarishni optimallashtirish va IT-texnologiyalardan foydalanishga doir yana nimalarni rejalashtiryapsiz?

 - MES dasturini Toshkentning yirik qurilish maydonchasi bo‘lgan “Texnopark”da ishga tushirishni rejalashtiryapmiz.  U yerda 20 ga yaqin korxona jamlangan.  Ayni vaqtda biz turkiyalik MES dasturi ishlab chiquvchilari bilan strategik shartnoma imzolashga tayyorlanayotganimizni ma’lum qilishdan mamnunman.  Bu AKFA Groupga ularning Markaziy Osiyodagi vakili bo‘lishiga imkon beradi.  Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan dasturiy ta’minot va uskunalar yetkazib beruvchi hamkorlarimiz bilan sheriklik tarmog‘imizni kengaytirishni rejalashtiryapmiz.

AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.

Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori