O‘zimizga atalgandek ishlab chiqamiz

09.12.2020

Biz o‘zimiz uchun odatiy bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayoni qanday amalga oshirilishi haqida kamdan-kam hollarda o‘ylaymiz. Ayni chog‘da, har qanday mahsulot yoki xizmat iste’molchiga yetib borguncha ko‘p bosqichlarni bosib o‘tadi. AKFA Groupning g‘oyalari, ishlab chiqarish, amalga oshirish va marketingi eng ilg'or mutaxassislarni o‘zida birlashtirgan rivojlangan tadqiqot bo'limi bilan bog‘langan.

R&D departamenti boshlig‘i Alisher Sirojiddinov AKFA Groupda qanday yangi loyihalar yaratilayotganligi va bu ishning ortida kim turgani haqida so‘zlab berdi.

 “2019 yilda eshik va deraza tizimlari, hamda qurilish yechimlari bozori rivojlanayotgan bir sharoitda AKFA Group ishlab chiqarish jarayonlarini tubdan qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi. Nou-xau va ilmiy yutuqlarni topishdagi qiyinchiliklar yoki ularning bozorda yo‘qligi ishlab chiqarishni optimallashtirish va uning samaradorligini oshirish uchun o‘z ilmiy izlanishlarimizni rivojlantirish va mukammal ishlanmalarni joriy etish zarurligini anglashimizga undadi.

Shu sababdan, o‘sha vaqtda ish tizimini o‘zgartirish to‘g‘risida qabul qilingan qaror Research and Development (R&D) departamentini yaratilishiga olib keldi. Kelajakda bu bo’lim butun ishlab chiqarish davrini o‘rnatishga yordam berishi va kompaniyaning barqaror rivojlanishini ta'minlashi kerakligi belgilanib olindi."

To‘rt bo‘lim – bitta vazifa

R&D departamentlari deyarli barcha yirik jahon kompaniyalarida, xususan ham xususiy, ham davlat kompaniyalarida mavjud. Ularning asosiy vazifasi kompaniyaning ilmiy-texnikaviy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, istiqbolli ishlanmalarni izlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va optimallashtirishdan iboratdir. AKFA guruhi kompaniyalari guruhi ham bundan mustasno emas, jumladan, har yili u o‘z miqyosini ishonchli ravishda oshirib, ishlab chiqarish quvvatini ko‘paytirib bormoqda.

"AKFA Group tarkibidagi R&D jamoasi o‘zida har kuni o‘ziga hos yondashuv va innovatsion fikrlashni talab qiluvchi vazifalarni amalga oshira oladigan, intiluvchan, qiziqqon xodimlarni jamlagan. R&D-mutaxassisalari – kompaniya tarkibidagi "tinchlikni buzuvchilar"dir. Eng qisqa vaqt ichida innovatsion yechim topish zarur bo‘lgan texnik jihatdan murakkab va bilim talab qiladigan loyihalar bizni o‘ziga jalb qiladi. Strategik rejalashtirish tufayli bizning g‘oyalarimiz orasida hayotga tatbiq etishga tayyor loyihalar mavjud.

R&D departamenti bir nechta bo‘limlardan iborat bo'lib, ularning har biri kompaniyaning asosiy maqsadi doirasida o‘ziga xos vazifalarni bajaradi. Bugungi kunda bular yangi mahsulot ishlab chiqarish bo‘limi, marketing tadqiqotlari bo‘limi, muhandislik bo'limi, arxitektura va dizayn bo‘limlaridir.

O‘zimizga atalgandek ishlab chiqamiz

Yangi mahsulot g‘oyasi o‘z manbasini innovatsion mahsulot yaratish va AKFA Group zavodlarida ishlab chiqarilgan mavjud mahsulotlarni takomillashtirish vazifasi yuklatilgan bo‘lim – mahsulotni ishlab chiqarish bo‘limidan oladi,  Bo‘limning asosiy maqsadi - bozorni qurilish sohasidagi yechimlar va texnologiyalar bilan ta’minlash, bu esa O‘zbekiston va undan tashqaridagi insonlar turmush tarzi sifatini yaxshilash uchun zarurdir.

Ushbu bo‘lim tarkibidagi dizaynerlik byurosi alyuminiy qotishmalaridan va PVXdan shaffof tuzilmalar tizimlarini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etadigan mutaxassislardan iborat. Bo‘lim xodimlari profillar geometriyasini ishlab chiqish va aksessuarlarni tanlashdan tortib, texnik kataloglar yordamida texnik hujjatlarni tuzish va ishlab chiqarishdagi tizim faoliyatiga oid ishlargacha bajaradilar.

Bundan tashqari, xodimlar vazifalariga: doimiy ravishda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sifatini nazorat qilish; ixtisoslashgan stendlarda asliy sinovlarida qatnashish; ko‘rsatkichlarning hisob-kitobi va tizimni suv, shamol, korroziya va boshqa ekologik omillarga chidamliligini tekshirish kiradi.

Yana bir yo‘nalish xususiy va sanoat sektori uchun isitish radiatorlari, alyuminiy, bimetalik va seksiyali radiatorlar ishlab chiqarishdir. Konstruktorlik byurosi mahsulotlarning narxini oshirmagan holda radiatorlar tashqi ko'rinishini yaxshilash, issiqlik uzatishini ko‘paytirish,  yangi turdagilarini ishlab chiqish va loyihalashda bevosita ishtirok etadi.

Doimo jonli ishtiyoq

To‘liq loyihaga aylanib, g‘oya marketing tadqiqotlari bo'limida o‘z davomini topadi. Bu yerda ish jarayoni fond birjasidanda ko‘proq qizg‘in bo‘ladi. Bu bo’limda doimo qizg'in bahs-munozaralar bo‘lib, yangi-yangi g‘oyalar yaratiladi, respublikada va dunyoda sodir bo‘layotgan so‘nggi voqealar muhokama qilinadi.

Marketing tadqiqotlari bo‘limining vazifalari bozorda mavjud vaziyat va narxlarni o‘rganish; import, raqobatchilarni tahlil qilish; potentsial talab va uni rag‘batlantirish usullarini aniqlashdan iborat. Shuningdek, bo‘lim AKFAning kelgusidagi faoliyatini amalga oshirish uchun yangi yo‘nalishlarni o‘rganish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni baholash va tanlangan sohada mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilarning asosiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish bilan shug‘ullanadi. Bu loyihani ishlab chiqishning eng qiziqarli bosqichlaridan biridir.

Ushbu bo‘lim jamoasida bozordagi vaziyat, uning zamonaviy tendentsiyalari to‘g‘risida yaxshi ma’lumotga ega bo‘lgan yosh va talabchan mutaxassislarning borligi bejiz emas. Bo‘lim xodimlari doimiy ravishda loyihani optimal ravishda amalga oshirish yo'llarini izlaydilar, har kuni yangi ma’lumotlarni o'rganadilar, Negaki, yangi loyiha bu faoliyat va izlanish uchun yangi maydon,

Marketing tadqiqotlari bo'limining ish natijalarini bugungi kunda Texnopark (sobiq TAPOiCh zavodi) hududida va boshqa joylarda amalga oshirilgan turli xil qurilish loyihalari misolida ko‘rish mumkin. Rejalashtirilgan ishlab chiqarish turlarining barcha jihatlari malakali tahlil qilingandan so'ng qurilish ishlari boshlandi va kelgusi yilda bir nechta zavodlar o‘z ishlarini boshlaydi.

Imkoniyatlar chegarasini kengaytirib

Bozor tadqiqotlari bilan bir qatorda, loyiha bo‘yicha ishlar muhandislik bo‘limi tomonidan parallel ravishda amalga oshiriladi. Bu yerda ma’lum bir mahsulotni tanlagandan so‘ng uni ishlab chiqarish uchun maqbul uskunalar tanlanadi. Ushbu bosqichda dunyoning barcha mamlakatlaridan ilg‘or uskunalar yetkazib beruvchi hamkor kompaniyalar bilan qizg‘in muzokaralar olib boriladi va eng yaxshi tijorat takliflari uchun tanlovlar o‘tkaziladi.

Muhandislik mutaxassislari turli xil vositalardan foydalanib, mavjud muammolarni, ayniqsa, katta moliyaviy sarmoyalarsiz hal qilishlari mumkin bo‘lgan holatlar, jumladan, rejalashtirilgan mahsuldorlikda minimal ishlab chiqarish tannarxiga erishish yoki belgilangan mahsulot tannarxida eng yuqori mahsuldorlikka erishish kabilar. Bundan tashqari, ular vaqtni belgilashlari, ishlayotgan uskunalarning haqiqiy quvvatini aniqlashlari, dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarini tuzishlari, loyiha hujjatlarini rasmiylashtirish, shuningdek, obyekt qurilishi ustidan texnik nazoratni amalga oshirishlari mumkin.

Dadil maqsadlarni amalga oshirib

Keyingi bosqichni loyihaga aniq shakl-shamoyil beruvchi arxitektura va dizayn bo‘limi xodimlari olib boradilar. Ularning ixtiyorida eng yangi texnologiyalar mavjud bo‘lib, ular yordamida sanoat dizayni, modellashtirish, har qanday murakkablikdagi dizayn ishlanmalari va kelajakdagi zavodlarnining ko‘rinishini loyihalashtirish bilan shug‘ullanadilar.  

Loyihalash 3D modeli yaratilishidan boshlanadi, unda obyektning joylashuvi va umumiy ko‘rinishi ko‘rsatiladi. Shundan so‘ng, mutaxassislar obyektlarning tasvirlarini turli burchaklardan ko‘rinishi – renderlarni yaratadilar. Keyinchalik renderlar kelajakdagi obyekt taqdimotida foydalaniladi. Ushbu "so‘zlovchi" tasvirlar me’moriy kompozitsiyaning barcha nozikligi, farqlarini  namoyish etish, rejalashtirish qulayligini isbotlash imkoniyatini beradi.

 

Har kim yangi g‘oya bilan chiqishi mumkin

Tayyor loyihani ro‘yobga chiqarish va kompaniyani ma’lum bir bozorga kiritish uchun katta tayyorgarlik ishlari talab etiladi, shuning uchun R&D tarkibiy bo‘linmalari nafaqat o‘zaro, balki boshqa bo‘limlar bilan ham aloqada bo‘ladi.

“Xodimlar bilan suhbatlashganda, biz doimo ularning kompaniya qanoti ostida amalga oshirish mumkin bo‘lgan taklif va mulohazalari bor yo‘qligi bilan qiziqamiz. Ularga qiziqarli yo'nalishlarni va o‘z faoliyatimizga qo‘shilishni taklif qilamiz. Agar ularda bunga ishtiyoqni sezsak, ularni darhol jarayonga jalb qilamiz.

Har qanday xodim o‘z tashabbusi bilan bo'limimizga kelishi mumkin. Biz albatta, g‘oyani qo‘llab-quvvatlaymiz, shakllantirishga yordam beramiz, unga yakuniy ko‘rinish berib amalga oshirishni boshlaymiz. Umumiy qilib aytganda, biz ushbu jarayonni boshqarish orqali ilmiy-tadqiqot ishlarimizni boshqarish mumkin bo‘lgan “betartiblikda" rivojlanishiga imkon beramiz.

Bugungi kunda O‘zbekistonda AKFA guruhida ishlash uchun bevosita tegishli bo‘lgan sohalarni o‘qitadigan muassasalar ko‘p emas. Biz birinchi navbatda texnik tafakkurga ega nomzodlar – dizaynerlar, muhandislar, texnologlarni qidiramiz. Biz tanlovlar tashkil qilamiz, talabalarga keyinchalik ishga joylashishlari uchun grantlar ajratamiz. Ulardan ba’zilari allaqachon o‘z qobiliyatlarini isbotlab, tajribali mutaxassislar bilan hamjihatlikda ishlab, bir qancha yaxshi loyihalarni taqdim etdilar. Biz mutaxassislarni kasbiy shakllanishiga, o‘zligini anlanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratishga va yuqori natijalarga birgalikda erishish uchun maqbul ish sharoitlarini yaratishga tayyormiz”.

"Biz uchun R&D - bu o'zimizni va mahsulotimizni yanada yaxshilash uchun imkoniyat"

AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.

Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori