Imzo brendi Andijonda ilk ishlab chiqarish franshizasini ochdi

16.05.2022

11-may kuni Andijon shahrida franshiza doirasida “Imzo” kompaniyasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida mehmonlar uchun kompaniya taqdimoti, ishlab chiqarish bo‘yicha ekskursiya tashkil etildi. Aynan shu kuni Imzo rasmiy saloni o‘z eshiklarini ochdi, u yerda mehmonlar eng so‘nggi mahsulotlar lineykasi bilan tanishish va Imzo mutaxassislariga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniga ega bo‘ldilar.


Tadbirda faxriy mehmonlardan Andijon shahar hokimi – Baxromjon Nosirboevich Haydarov, AKFA Group bosh direktori – Kamran Abduzahidovich G‘ulomov va Imzo franshiza loyihasi rahbari – Bahodir Abdurazzaqovich Hakimovlar ishtirok etishdi.


Zavod eng ommabop mahsulot lineykasini bosqichma-bosqich ishga tushirishni rejalashtirgan, jumladan: alyuminiy va PVX profillardan yasalgan deraza va eshik tizimlari, rollet va fasad konstruksiyalari ishlab chiqariladi.


Ishlab chiqarish maydoni 13 000 m2 bo‘lib, maksimal ishlab chiqarish hajmini yiliga 180 000 m2 mahsulotga oshirish mumkin. Aytish joizki, ishlab chiqarishda 120 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Texnologik jarayonning barcha bosqichlarida qat’iy sifat nazorati mavjud. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar majburiy sinovdan o‘tkazilib, bu hududdagi iste’molchilarning sifatli, hamyonbop mahsulotga bo‘lgan talablarini to‘liq qondirish imkonini bermoqda.


Franshiza loyihasi hamkor nafaqat franshiza brendining ijobiy obro’siga ega bo‘lish imkoniyatlarini beradi, balki keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlanuvchi biznes boshqarish bo‘yicha batafsil qo‘llanmalarni, shu jumladan, marketing, IT va HR vositalari, tayyor hujjatlar va franshizaning intellektual mulkini ham olishini anglatadi.

Yangi franshizalar biznes yuritishning barcha jihatlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlardan o‘tadilar. Shuningdek, franshiza asbob-uskunalar va xom ashyo yetkazib berish, yaxshi rivojlangan logistika uchun maxsus sharoitlar bilan ta’minlaydi. Aytishimiz mumkinki, bu amalda ishlab chiqilgan va bozor sinovlari bilan sinovdan o‘tgan tayyor biznes modeli.


Barcha qoʻshimcha maʼlumotlarni kompaniyaning yagona call-markazi orqali olishingiz mumkin: 71 207-77-77


Manzil: Imzo Showroom (tezkor), Andijon Shahar, Nayman ko‘cha, 5-uy

AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.

Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori