AKFA Group UzBuild-2021 Xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

22.09.2021

AKFA group UzBuild-2021 22-Xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda. Yetakchi qurilish sanoati ko‘rgazmasi 2021-yil 22-24 sentabr kunlari Anhor Lokomotiv bog‘ining yangi maydonida bo‘lib o‘tadi.

UzBuild an'anaviy ravishda yangi qurilish mavsumini ochadi va uning asosiy tendentsiyalarini belgilaydi. So‘nggi yillarda mamlakatda qurilish bumining keskin o‘sishi va shunga mos ravishda bu bozorga bo‘lgan qiziqish kuzatildi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, moliyaviy va bojxona islohotlari esa xorijiy investitsiyalarning kirib kelishini ta'minladi. Tadbir O‘zbekiston va dunyodagi zamonaviy qurilish haqiqatlarini aks ettiradi, tayyor me'moriy yechimlarni kompleks ravishda taqdim etadi.

108 kv.m. maydonda O‘zbekistonning yirik sanoat xoldinglaridan biri - AKFA Group ekspozitsiyasi joylashdi. Kompaniya alyuminiy va PVX profil, deraza va eshik konstruktsiyalari, isitish radiatorlari, aluminiy kompozit panellar va qurilish materiallari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

O‘z stendida xolding uchta asosiy faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi yechimlarni taqdim etgan: AKFA Windows&Doors (deraza va eshik tizimlari), AKFA Build (qurilish va shahar yechimlari) va AKFA Comfort (isitish yechimlari).

Uch kun mobaynida tashrif buyuruvchilar PVX va aluminiy deraza va eshiklar tizimlari (issiq seriyali), fasad va sirg‘aluvchi tizimlar, zamonaviy ofis bo‘limlari bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, mehmonlar uchun zamonaviy qoplama materiallari - HPL panellari taqdim etilgan. AKFA Group stendida zamonaviy isitish radiatorlari taqdim etilgani: Caliente, panelli radiator (maxsus dizayn bosmasi bilan) va gazli qozon.

Kompaniya stendidai O‘zbekiston bozorida yaqin kelajakda endigina sotuvga qo‘yiladigan yangi mahsulotlarni taqdim etiladi. Bu Wi-Fi orqali boshqariladigan Airfel Maestro Smart Premix gazli qozoni. O‘rnatilgan aqlli onlayn tizim tufayli iste'molchi qozonni mobil telefonidan boshqarishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, W&D yo‘nalishidagi yangilik: olti kamerali yangi avlod oyna tizimi - Engelberg 8000. Mahsulot issiqlik va shovqin izolyatsiyasiga nisbatan eng yuqori talablarga ega.

UzBuild 1998 yildan buyon har yili tegishli vazirlik va idoralar ko‘magida o‘tkaziladi. Bu yil tadbirda 16 mamlakatdan 150 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etmoqda, jumladan: Avstriya, Ozarbayjon, Germaniya, Daniya, Italiya, Ispaniya, Qozog'iston, Xitoy, Gollandiya, Koreya Respublikasi, Latviya, Rossiya, AQSh, Turkiya, O‘zbekiston va Finlyandiya. Ko‘rgazma ishtirokchilarining 86 foizi xorijiy kompaniyalar, mahalliy kompaniyalar esa 14 foizni tashkil etadi. TOP-3 xorijiy davlatlar qatoriga Turkiya (47 ta kompaniya), Rossiya (24 ta kompaniya) va Qozog‘iston (12 ta kompaniya) kiradi.

AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.

Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori