Elektron hujjat almashinuvi va biznes jarayonlarning avtomatlashuvi

25.01.2021

AKFA Group biznes va ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishga bog‘liq kompleks yechimlarni amalga oshirish bo‘yicha keng qamrovli ish olib bormoqda.

AKFA Group IT-markazi bir yildan sal ko‘proq vaqt davomida faoliyat yuritmoqda, ammo shu davr ichida o‘zining DATA markazini ishga tushirishga, MES dasturiy kompleksi texnologik va ishlab chiqarish jarayoni amalda tatbiq qilishga, Directum RX, 1C, iSpring va boshqa dasturiy ta’minot tizimlarini joriy etish bo‘yicha yirik IT-hamkorlar bilan aloqalar o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.

Kompaniya raqamlashtirish va avtomatlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni olib borar ekan, elektron hujjat aylanishini joriy etishga alohida e’tibor qaratmoqda.  Jumladan, Directum RX dasturiy ta’minotidan foydalanish kompaniyaga hujjatlarni rasmiylashtirish vaqtini sezilarli darajada qisqartirishga, ofislar ijro intizomini masofadan nazorat qilishni soddalashtirishga va shuningdek, xodimlarning ish samaradorligini oshirishga imkon berdi.

Directum RX tizimidan foydalanilgan bir necha oy ichida kompaniya Markaziy Osiyo bozorida ommalashtirish huquqiga ega bo‘ldi.  AKFA Group axborot texnologiyalari va yechimlari yo‘nalishidagi istiqbolli tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlash bilan birgalikda, har yili o‘tkaziladigan Directum Awards 2020 mukofotining rasmiy hamkori, shuningdek "AKFA Group Tanlovi" nominatsiyasining homiysi hisoblanadi.

Har yili o‘tkaziladigan Directum Awards 2020 tanlovida ishtirok etishdan avval biz AKFA Group axborot tizimlarini joriy etish va foydalanishga topshirish bo‘limi boshlig‘i Azizxon Muxanov bilan suhbatlashishni lozim ko‘rdik.

- Azizxon, aytingchi, nima sababdan IT-markaz Directum Awards 2020-da homiy sifatida ishtirok etishga qaror qildi?

- Biz to‘laqonli IT-markaz sifatida turli xil IT-loyihalarda qatnashishimiz, ularni qo‘llab-quvvatlashimiz va tajriba orttirishimiz mumkin.  Har yili o‘tkaziladigan tanlov – bu o‘ziga xos IT-keys bo‘lib, ulardagi Directum mahsulotlari istalgan kompaniyada o‘zaro raqamli munobatda natijalarga erishishda yordam beradi.

- IT-markazining asosiy maqsadlari haqida nima deya olasiz?

- Bizning maqsadimiz biznesning raqobatbardoshligini ta’minlash va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda undagi ozgaruvchan jarayonlarning samaradorligini oshirish. Biz xodimlarimiz uchun ham, mijozlarimiz va hamkorlarimiz uchun ham joy ajratish imkonini beruvchi oz serverimizga egamiz.

- Azizxon, sizningcha, yirik va kichik kompaniyalarning raqamli o‘zgarishiga yondashuvlar o‘zaro qanday farq qiladi?

- Raqamli o‘zgarishlar nafaqat butun biznes tuzilishini, biznesni rivojlantirish strategiyasini, korporativ madaniyatni, savdo tizimini, shu bilan birga jamoani va umuman bo‘layotgan jarayonlarni boshqarishdagi o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi.

Umuman olganda, kichik va yirik biznes o‘rtasida farq katta emas, farq faqat ishning hajmida va amalga oshirishga sarf etilgan vaqtda.

- Sun’iy intellektni biznes jarayonlarda va korporativ kontent boshqaruvida qo‘llashda qanday istiqbollar mavjud?

- Bugungi kunda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyati, ayniqsa, boshqarish obyekti va uning tarkibiy qismi bir-biriga sezilarli ta’sir ko'rsatadigan murakkab jarayonlar va omillar majmuasidan iborat bo‘lganda juda muhimdir.

Odatda korxona rahbarlari ko‘p vazifali muhitda ishlashadi. Ular hal qiladigan vazifalar kompaniyani strategik boshqaruviga va qabul qilingan qarorlar top-menejment faoliyati va uning taqdiriga bevosita ta’sir qiladi.  Sifatsiz tahlillar tufayli yetarli bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar noto‘g‘ri kompaniya boq‘liq qarorlarga o‘z ta’sirini o‘tkazib, uning barqarorligini pasayishiga hattoki, korxonaning sinishiga ham olib kelishi mumkin.

Kelajakda sun’iy intellekt analitik qobiliyatga, turli jarayonlarga tezkor reaksiyaga ega "mustaqil direktor" yordamchisi sifatida joriy etilishi, kompaniyaning barqarorligini pasayishiga yoki sindirishi mumkin bo‘lgan noto‘g‘ri qarorlarni oldini olishga yordam beradi. Sun’iy intellekt sizga katta ma’lumotlarni tahlil qilish asosida yaxshi tuzilgan, analitik isbotlangan qarorlar qabul qilishga imkon yaratadi.

- Biznes jarayonlarini boshqarish tizimini joriy etish bo‘yicha loyihani amalga oshirish niyatida bo‘lgan IT-direktorlarga nimalarni tavsiya qilgan bo‘lar edingiz?

- Tajribaamizga asoslanib, tizimni amalga ishirishdan avval uni aniq rejalashtirishni va uni alohida loyiha sifatida ko'rib chiqishni tavsiya qilgan bo‘lardim.  Kompaniya qanchalik katta bo'lsa, bu loyiha shuncha murakkab bo’ladi.

Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, dastlabki bosqichlarda rahbariyatning biznes jarayonlarini avtomatlashtirish zarur, chunki u yerda hujjatlar ko‘proq aylanadi, so‘ngra hujjat aylanishi katta bo‘lmagan o‘rta darajadagi boshqaruv va oddiy xodimlarning bo‘limlariga o‘tish ma’qul.  Shunday qilinsa, tizim o‘z samarasini ko‘rsatadi, natijada qog‘oz resurslari saqlanib qolishi bilan birgalikda, xodimlarning “ovora bo‘lishi” ham kamayadi.

IT sohasidagi forumlarda qatnashish, IT-mahsulotlarini namoyish etish va o‘zaro tajriba almashish, shuningdek, o‘quv muassasalarida avtomatlashtirish to‘g‘risida ma’ruzalar qilish maqsadga movofiq.

- Suhbat uchun rahmat!

AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.

Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori