Nukus shahrida “Imzo” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarish bazasi ishga tushirildi

07.12.2021

6-dekabr kuni ishlab chiqarish jadalligini rivojlantirish va kengaytirish strategiyasiga muvofiq “Imzo” kompaniyasi Nukus shahridagi birinchi hududiy zavodni ishga tushirdi. Tadbirda faxriy mehmonlar qatorida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi M.Kamolov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.Sariyevlar ishtirok etdi.

Yangi ishlab chiqarish bazasi logistika xarajatlarini qisqartirish, hududda mahsulotga nisbatan o‘sib borayotgan talabni qondirish va ishlab chiqarish muddatini qisqartirish imkonini beradi.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston poytaxtidagi ishlab chiqarish bazasi Turkmaniston va G‘arbiy Qozog‘istonga Imzo eshik va deraza dizaynining barcha turlarini yetkazib beradigan logistika markaziga aylanadi.

Nukusdagi yangi zavodning ishlab chiqarish maydoni 8230 m2 ni tashkil etadi va maksimal ishlab chiqarish quvvatini yiliga 300 000 m2gacha oshirish imkonini beradi. Kompaniyada 265ta yangi ish o‘rni yaratildi. Korxonada Germaniya, Turkiya, Italiyaning “Schtec”, “Lisec”, “Intermac”, “Kaban”, “Glaston” kabi ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy uskunalari o‘rnatildi.

Nukusdagi zavodda alyuminiy va PVX profillardan deraza va eshik tizimlari, rollet va fasad konstruksiyalari ishlab chiqariladi. Texnologik jarayonning barcha bosqichlarida qat’iy sifat nazorati yo‘lga qo‘yilgan va mahsulot turli sinovlardan o‘tkazilinadi, bu aholining sifatli mahsulotga bo‘lgan ehtiyojini to‘laqonli qondirish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, Nukusdagi korxona Imzo O‘zbekiston bo‘ylab ochishni rejalashtirayotgan 15 ta hududiy bazadan birinchisi bo‘ldi.

Shu kuni zavoddan tashqari “Imzo” rasmiy saloni ham ochildi, u yerda tashrif buyuruvchilar kompaniya mahsulotlari bilan tanishishlari – tashqi ko‘rinishi, qulayligi, funksionalligini baholashlari hamda mutaxassislarga o‘zlarining qiziqtirgan savollarini berishlari mumkin.

Zavod va ko'rgazma zali quyidagi manzilda joylashgan: Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus, “Janbozor” MFY, Janubiy sanoat zonasi.

Qo‘shimcha ma’lumotga ega bo‘lish uchun +998(71) 207-77-77 raqami orqali koll-markazga bo‘lanishingiz mumkin

 

AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.

Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori