Savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov O‘sh viloyatidagi IMZO qirg‘iz-o‘zbek qo‘shma korxonasiga tashrif buyurdi. 10 sentabr kuni, O‘sh viloyatiga safari doirasida Sooronbay Jeenbekov qirg‘iz-o‘zbek qo‘shma korxonasiga tashrif buyurib, korxona faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.
Qo‘shma korxona ochish to‘g‘risidagi kelishuvga Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekovning 2017-yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida erishilgan. Korxona besh oydan so‘ng, 2018-yil may oyida ishga tushirildi.
Sanoat majmuasi hududida alyumin va plastik deraza va eshiklar ishlab chiqaradigan IMZO qirg‘iz-o‘zbek sanoat korxonasi joylashgan. Ishlab chiqarish hajmi yiliga 24 ming tayyor mahsulotni tashkil etadi. Qirg‘iziston Respublikasi rahbari bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan batafsil tanishib, yangi loyihalarni yanada rivojlantirish va ishga tushirish masalalarini muhokama qildi.
– Qirg‘iziston yaqin qo‘shni davlatlar, shu jumladan, O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishdan manfaatdor, dedi Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov. – Qo‘shma sanoat korxonalari ulkan eksport salohiyatiga ega, chunki Qirg‘iziston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bozorlariga kirish imkoniyatiga ega, bu esa mahsulotlarni bojxona to‘siqlari va bojsiz yetkazish imkonini beradi.
Foto: Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.
Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori
Tavsiya etilgan maqolalar

Alto Aluminium va Özgüven hamkorlik memorandumini imzolashdi
Kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlikning simbiozi ulkan loyihani amalga oshirishga imkon beradi.

AKFA Xotin-qizlar klubi
"Bizning maqsadlarimiz va vazifalarimiz har xil. Biroq, eng avvalo, har birimiz insonmiz va Shaxsmiz!"

AKFA Group xodimlari korporativ KVNda qatnashadilar
AKFA Group kompaniya tarixidagi birinchi korporativ KVNni o‘tkazmoqda.