Niderlandiyaning Amari metals kompaniyasi bilan hamkorlik kelishuvi
Amari metals - yarim tayyor va tayyor metall mahsulotlari bo‘yicha ekspert bo‘lib, alyuminiy profillar ishlab chiqarish sohasida keng ko‘lamli xizmatlarni taqdim etadi.
Navoiy shahrida joylashgan BENKAM alu extrusions zavodi yuqori sifatli alyuminiy profillarini oltita zamonaviy, hamda Italiya va Koreyaning yuqori texnologik ekstruziya presslarida ishlab chiqaradi. Zavodning quvvati yiliga 47 ming tonnagacha tayyor mahsulot olish imkonini beradi.
Ishlab chiqarish to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, bu mehnat samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va yaroqsiz mahsulotlarni qisqartiradi.
O‘zbekistonning boshqa zavodlari ichida BENKAM o‘zining ishlab chiqarish jarayonida tabiiy muhitga zarar yetkazmasligi bilan yaxshi ajralib turadi. Kompaniyada chiqindilarni xavfsiz va oqilona yo‘l bilan boshqarish, ya’ni ularni ajratish va qayta ishlash tizimi joriy qilingan.
2021 yilda Amari metals Niderlandiyada 2 ming tonna BENKAM alyuminiy profillarini sotishni maqsad qilgan va kelajakda Germaniya, Avstriya, Chexiya va Vengriya davlatlariga 8 ming tonna mahsulot yetkazib berish rejalashtirilgan.
BENKAM alu extrusions mahsulotlari allaqachon dunyoning 18 mamlakatiga, shu jumladan AQSh, Kanada, Polsha, Finlyandiya, Rossiya, Ukraina va bir qator MDH mamlakatlariga eksport qilinadi. BENKAM alu extrusions mahsulot yetkazib berishni geografik jihatdan kengaytirishda davom etmoqda.
AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.
Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori
Tavsiya etilgan maqolalar

Alto Aluminium va Özgüven hamkorlik memorandumini imzolashdi
Kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlikning simbiozi ulkan loyihani amalga oshirishga imkon beradi.

AKFA Group va UzAuto Motors mutaxassislari o‘zaro tajriba almashdilar
22-23 aprel kunlari «Brendlar tashrif buyurmoqda» tajriba almashish loyihasi doirasida AKFA Groupning 28 ta mutaxassisi Andijon viloyatida joylashgan UzAuto korxonalariga tashrif buyurganliklari haqida xabar berishdan mamnunmiz.

AKFA Xotin-qizlar klubi
"Bizning maqsadlarimiz va vazifalarimiz har xil. Biroq, eng avvalo, har birimiz insonmiz va Shaxsmiz!"