Alto Aluminium va Özgüven hamkorlik memorandumini imzolashdi
Kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlikning simbiozi ulkan loyihani amalga oshirishga imkon beradi.
Bugungi kunda mamlakatda yuzlab, hatto minglab yangi ob'ektlar bunyod etilmoqda: ko‘p qavatli turar-joy majmualari, biznes markazlari va savdo-ko‘ngilochar joylar. Ushbu ob'ektlarni qurayotgan qurilish kompaniyalari tobora zamonaviy talablarga javob beradigan mahsulotlarga ehtiyoj sezmoqda.
Bugungi kunda eng ulkan loyihalardan biri - bu Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida bunyod etilayotgan Nest One osmono‘par binosidir. Nest One ko‘p funktsiyali osmono‘par bino, qurib bitkazilgandan so‘ng, Markaziy Osiyodagi eng baland binoga aylanadi.
Alto Aluminium bu AKFA kompaniyalar guruhi tomonidan va Kocamanlar Alüminyum (Turkiya) bilan birgalikda loyihalashtirish va qurilish sohasida yirik loyihalarni amalga oshirish uchun 2020 yilda tashkil etilgan qo'shma korxona.
Alto Aluminium va Özgüven Nest One loyihasini amalga oshirishda hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishdilar. Eslatib o‘tamiz, aynan Özgüven (Turkiya), Nest one me'moriy va muhandislik yangiliklarining muallifi.
Rasmiy tadbirlar doirasida Alto Aluminium va Özgüven vakillari Nest One qurilish maydoniga tashrif buyurishdi va kelajakdagi osmono‘par binoning barpo etilayotgan qavatlarini ko‘rishdi. Tadbir hamkorlarning kelajakdagi osmono‘par bino uchun Belgiyaning Reynaers kompaniyasining chizmalariga binoan fasad tizimlari yig‘iladigan IMZO avtomatizatsiyalashtirilgan zavodiga ekskursiya bilan davom etdi. Do‘stlarimiz va sheriklarimiz oyna va eshik konstruktsiyalarini avtomatizatsiyalashtirilgan tarzda ishlab chiqarishning keng imkoniyatlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi. Ekskursiyalar tugagandan so‘ng delegatsiya Hilton mehmonxonasiga yo‘l oldi, u yerda konferents-zallarning birida kompaniyalar o'rtasida memorandum imzolashning rasmiy marosimi bo‘lib o‘tdi.
Hamkorlik simbiozi yaqinda bizga arxitektura va qurilish sohasida mamlakatimizda o‘xshashlari bo‘lmagan ulkan loyihani amalga oshirishga imkon beradi.
Hamkorlik memorandumining imzolanishi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga ijobiy ta'sir qiladi va ikki tomonlama sheriklikni yanada samarali qiladi. Shuningdek, bu kompaniyalar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga yordam beradi.
AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.
Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori
Tavsiya etilgan maqolalar

Niderlandiyaning Amari metals kompaniyasi bilan hamkorlik kelishuvi
AKFA Group tarkibiga kiruvchi BENKAM alu extrusions Niderlandiyaning Amari metals kompaniyasi bilan hamkorlik kelishuvi va mahsulotlarning birinchi partiyasini yetkazib berish bo‘yicha bitim imzoladi.

AKFA Group va UzAuto Motors mutaxassislari o‘zaro tajriba almashdilar
22-23 aprel kunlari «Brendlar tashrif buyurmoqda» tajriba almashish loyihasi doirasida AKFA Groupning 28 ta mutaxassisi Andijon viloyatida joylashgan UzAuto korxonalariga tashrif buyurganliklari haqida xabar berishdan mamnunmiz.

AKFA Xotin-qizlar klubi
"Bizning maqsadlarimiz va vazifalarimiz har xil. Biroq, eng avvalo, har birimiz insonmiz va Shaxsmiz!"