AKFA Xotin-qizlar klubi
Bizning maqsadlarimiz va vazifalarimiz har xil. Biroq, eng avvalo, har birimiz insonmiz va Shaxsmiz!
Hozirgi kunda muvaffaqiyatga erishish uchun ayollar bir vaqtning o‘zida ishda ham va oilada ham bir xil darajada faol bo'lishlari kerak. Bu og‘ir vazifa ko‘pincha ruhiy va hissiy zo‘riqishga olib keladi. Bundan tashqari, 2020-yil dekabr oyi oxirida AKFA Group HR bo‘limining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Xoldingda - 7250 erkak (83,7%) va 1050 ayol (12,7%) faoliyat yuritadi.
Bunday sharoitda maftunkor ayollarimiz ko‘makka va e’tiborga muhtoj bo‘ladilar. Xolding esa ularni bunday imkoniyat bilan ta'minlaydi. AKFA Group o‘zining ijtimoiy mas'uliyat strategiyasini yaratdi, bu strategiya doirasida kompaniyada muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan ayollar soni ko'payishiga yordam beradi. Shu maqsadda Xolding tomonidan ma'ruzachilar, psixologlar va boshqa mutaxassislar bilan uchrashuvlar tashkillashtiruvchi "Xotin-qizlar klubi" tuzildi:
AKFA “Xotin-qizlar klubi” 2020-yil 14-fevralda tashkil etilgan. Biz ayollarimiz har oy kamida bir marotaba ishdan va oilaviy ishlardan chalg‘ib, qiziqarli xobbi topishlari, shaxsiy rivojlanishlari va ruhiy muammolarga dosh bera olishlarini istar edik, - deydi AKFA korporativ universiteti rahbari, “Xotin-qizlar klubi” kotibi Ozoda Saidkarimova, – Motivatsion uchrashuvlar “Xotin-qizlar klubi”, shuningdek, ofisimizning maftunkor ayollariga kompaniya ularga juda muhtoj ekanligini yana bir bor yodga solib turishga yordam beradi.
“Xotin-qizlar klubi” da ruhiy-hissiy muammolarni hal qilish bilan bog‘liq mavzular muhim o‘rin tutadi. Ruhshunos murojaat qilgan har bir xodim bilan alohida ishlaydi va muntazam ravishda “Xotin-qizlar klubi” yig‘ilishlarida qatnashib boradi:
“Xotin-qizlar klubi” bir yildan ozroq vaqt davomida faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lsada, shu vaqt ichida biz bir qancha psixosomatikaga doir uchrashuvlar o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldik, uchrashuvlarda kasalliklarning mumkin bo‘lgan psixologik sabablari haqida suhbat olib borildi. Boshqa tadbirda doimiy ruhiy va hissiy zo‘riqish uyqusizlik, befarqlik, surunkali va hissiy charchoq va hatto ruhiy tushkunlikka tushish holatlariga olib kelishi mumkinligi haqida suhbat olib borildi, – deydi AKFA Group ruhshunosi Gulshan Raxmanova.
“Xotin-qizlar klubi”ning barcha uchrashuvlari ikki tilda - o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Tadbirlar dasturi turli xil bo‘lib, treninglar va mahorat darslarini o‘z ichiga oladi. 2021 yildan “Xotin-qizlar klubi” o‘zini o‘zi anglash va kasbiy rivojlantirishga e'tibor qaratmoqda. Shu sababli, ayollarimizni yetakchilikni rivojlantirish, hissiy intellekt qobiliyatlari, maqsadlarni belgilash va rejalashtirish hamda vaqtni to‘g‘ri boshqarishga oid treninglar kutmoqda
Bundan tashqari, “Xotin-qizlar klubi” raisi va kotibi ofis ayollariga qanday uchrashuvlar va mahorat darslari zarurligini aniqlash uchun so‘rov o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
AKFA Group “Xotin-qizlar klubi”ning asosiy vazifasi umumiy manfaatlarga ega bo‘lgan insonlar bilan muloqot qilish va ularni birlashtirishdir. Hamma dunyoni o‘zgacha ko‘radi. Bizning maqsadlarimiz va vazifalarimiz har xil. Biroq, eng avvalo, har birimiz insonmiz va Shaxsmiz!
AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.
Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori
Tavsiya etilgan maqolalar

AKFA Group xodimlari korporativ KVNda qatnashadilar
AKFA Group kompaniya tarixidagi birinchi korporativ KVNni o‘tkazmoqda.

AKFA Group va UzAuto Motors mutaxassislari o‘zaro tajriba almashdilar
22-23 aprel kunlari «Brendlar tashrif buyurmoqda» tajriba almashish loyihasi doirasida AKFA Groupning 28 ta mutaxassisi Andijon viloyatida joylashgan UzAuto korxonalariga tashrif buyurganliklari haqida xabar berishdan mamnunmiz.

MAKON Marketing Forum 2021 Toshkentda bo‘lib o‘tdi
22-may kuni Toshkentda marketing olamidagi tadbirkorlar va yetakchi mutaxassislarni o‘zida birlashtirgan Markaziy Osiyodagi eng yirik professional forum – MAKON Marketing Forum 2021 bo‘lib o‘tdi. AKFA Group III Xalqaro marketing biznes forumining bosh hamkori bo‘lib qatnashdi.