AKFA Group xodimlari korporativ KVNda qatnashadilar

18.06.2021

AKFA Group kompaniya tarixidagi birinchi korporativ KVNni o‘tkazmoqda. Musobaqada xoldingga qarashli turli korxona va tashkilotlar jamoalari ishtirok etishdi: ular orasida AKFA Group, ARTEL, ATLAS Group va MEDIA PARK jamoalari mavjud edi. Intellektual o‘yin: "Ajoyib kayfiyat va qizg‘in hazl-mutoyiba jangi kafolatlanadi!" shiori ostida o‘tkazilmoqda.

Korporativ KVN nafaqat qiziqarli tadbir, balki xodimlarga o‘zlarining ijodiy salohiyatlarini namoyon qilishga, jamoada samarali ishlashni o‘rganish va ichki korporativ aloqalarni rivojlantirishga imkon beradigan o‘ziga xos timbilding.

Korporativ KVN rahbariyatga xodimlarning kayfiyatini baholashga, lozim bo‘lganda jamoadagi psixologik muhitni yaxshilashga va, albatta, jamoaviy ruhni mustahkamlashga yordam beradi.

Quvnoqlar va zukkolarning chiqishlari Ashxabod bog‘idagi amfiteatr maydonida bo‘lib o‘tmoqda. Uning sahnasida, 4 va 12 iyun kunlari 10 ta jamoa KVNda ishtirok etishdi.

4 iyun kuni bo‘lib o‘tgan birinchi chorak finalda quyidagi jamoalar o‘zaro bellashdilar:  

1) ATLAS Group «Parkchilar» jamoasi

2) «Bojxonachilar» – AKFA Group bojxona bo‘limi jamoasi

3) «AKFA Universal» – AKFA Group IT bo‘limi

4) «IMZO» – IMZO kompaniyasi jamoasi

5) «Excellent Art» – ARTEL kompaniyasining mobil qurilmalar ishlab chiqarish bo‘yicha jamoasi.

12 iyun, ikkinchi chorak finalda quyidagi jamoalar qatnashdilar:

1) «ARTEL» – ARTEL kompaniyasi jamoasi

2) «AKFA VATAN» – AKFA Group savdo bo‘limi jamoasi

3) «MR Innovatsiya» – MEDIA PARK kompaniyasining jamoasi

4) «GALAXY» – AKFA Group ta’minot bo’limi jamoasi

5) «ADREBALIN» – сборная компании IMZO.

Ikki chorak final natijalariga ko‘ra hakamlar hay’ati a’zolaridan maksimal ball to‘plagan jamoalar korporativ KVN finaliga yo‘llanma qo‘lga kiritishdi:

- «Parkchilar» – 12 ball

- «Bojxonachilar» – 11,7 ball

- «AKFA Universal» – 11,6 ball

- «ARTEL» – 11,7 ball

- «AKFA VATAN» – 11,6 ball

- «MR Innovatsiya» – 11,1 ball.

Tashkilotchilarning rejalariga ko‘ra, korporativ KVN finali 2021 yil iyul oyida bo‘lib o‘tadi. G‘oliblar uchun sovrinlar jamoalarning chiqishlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish uchun sir tutiladi.

AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.

Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori