Yurt bilan yugur

29.03.2021

28 mart kuni poytaxtimizda O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi va O‘zbekiston triatlon federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan III Toshkent xalqaro "Navro‘z" marafoni bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar turli xil darajaga ega sportchilar uchun mo‘ljallangan 4 ta masofani, ya’ni marafon (42,195 km); yarim marafon (21,097 km); 3 km ga yugurish и Ekiden tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Xalqaro Toshkent marafonida professional sportchilar bilan bir qatorda turli kompaniyalar xodimlari orasidan sport ixlosmandlari ham qatnashdilar.

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan "Yurt bilan yugur" shiori ostida o‘tkazilgan bunday keng ko‘lamli sport tadbirida AKFA Group xodimlari ham ishtirok etishdi. Yigitlarimiz yarim marafon (21,097 km) va 3 km masofalarga yugurishdi. Barcha yakuniy ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan esdalik nishonlariga va unutilmas hissiyotlarga ega bo‘ldilar.

– Kompaniyamiz sog‘lom turmush tarzini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. – deydi Mixail Golovastikov, AKFA Group kompaniyasining HR-menedjeri. – Bunday tadbirlar jamoani birlashtiradi, bu esa o‘z navbatida yanada ko‘proq ijobiy hissiyotlar olishimizga yordam beradi.

AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.

Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori