Yugurish korporativ madaniyatning bir qismi sifatida: AKFA Group Toshkentdagi xalqaro marafonda ishtirok etdi

29.03.2022

27-mart kuni poytaxtimizda bahorning asosiy sport tadbirlaridan biri – To‘rtinchi Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etish uchun O‘zbekiston poytaxtida 2500 dan ortiq kishi yig‘ildi. Ular orasida poygalarda qatnashish an’anaga aylangan AKFA Group xoldingi vakillari ham bor edi. Yillar davomida kompaniya mutaxassislari professional va havaskorlar bilan masofaga yugurib, o'z chidamliklarini mashq qilib kelmoqdalar.

IV Toshkent xalqaro marafonida xoldingning 25 nafar mutaxassisi 3, 10 va 21 kilometr masofalarda o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazdilar. Ko‘pchilik startga qizg‘in hozirlik ko‘rdi – mashg‘ulotlarda muntazam qatnashdi – barcha AKFA xodimlari topshiriqni uddasidan chiqdilar va belgilangan vaqtda, belgilangan yo‘nalishlardan o‘tdilar.

Kompaniya uchun sport korporativ madaniyatning muhim qismidir. AKFA Group kompaniyasining sport tadbirlarida ishtirok etish tajribasi yugurish musobaqalari jamoada ahillikni shakllantirishi, xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, eng muhimi, ularning salomatligini mustahkamlashga xizmat qilishini ko‘rsatdi.

- Xodimlarimizda raqobat ruhiyati bo‘lgani bilan biz uchun poyga shunchaki musobaqa emas, balki qiziqarli netvorkingdir. Musobaqalardan so‘ng hamkasblar o‘zaro taassurotlari bilan o‘rtoqlashadilar, bu esa AKFA ishtirokchilarini sport tadbirlariga tobora ko‘proq jalb qilish imkonini beradi. Misol uchun, joriy yil bahorida Zominda bo‘lib o‘tadigan marafonda xoldingimizdan 30 kishi qatnashadi, – deydi AKFA Group kompaniyasining kadrlar bo‘yicha mutaxassisi Bunyod Berkinov.

Shunday qilib, AKFA Group xodimlar jismoniy kuch va chidamlilikni rivojlantirishlari uchun hissa qo‘shib, turli sport tashabbuslarida qatnashish istagini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu kompaniyaning BMT uchinchi Barqaror rivojlanish maqsadi – salomatlik va farovonlikka erishishdagi hissasini aks ettiradi.

AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.

Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori