Xavfsizlik kuchlari tuzilmalari o‘rtasida shosse-yugurishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga homiylik
10-yanvar kuni Toshkentda respublika xavfsizlik kuchlari o‘rtasida shosse-yugurishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining birinchi bosqichi "Men G‘olib" xalqaro vatanparvarlik poygasi bo‘lib o‘tdi. U O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligiga bag‘ishlandi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Triatlon Federatsiyasi, “ProRun” yugurish maktabi, shuningdek Yengil atletika federatsiyasi va bosh homiy AKFA Group poytaxtda mamlakat xavfsizlik kuchlari tuzilmalari o‘rtasida shosse-yugurish musobaqasining birinchi bosqichini o‘tkazdilar.
Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi va Prezidentning Davlat xavfsizlik xizmati vakillaridan iborat jamoalar yugurishda o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazdilar. Har bir jamoa 30 kishidan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda jami 210 nafar harbiy qatnashdi. Ular 10 km masofani 70 daqiqada bosib o‘tishlari kerak edi. Start va finish maydoni “Xalqlar do‘stligi” saroyi etib belgilandi.
AKFA Group Ijro direktori Kamran G‘ulomov nima sababdan Xolding sport tadbirlariga homiylik qilish va qo‘llab-quvvatlashga e'tibor qaratayotgani haqida so‘zlab berdi:
- AKFA Group ijtimoiy mas’uliyatga doir o‘z strategiyasini boshladi, unga ko‘ra sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli loyiha amalga oshirila boshlandi. Biz bir qator sport tadbirlarini qo‘llab-quvvatlaymiz, shu jumladan respublika xavfsizlik kuchlarining shosse-yugurishi bo‘yicha O‘zbekistonning birinchi chempionatida bosh hamkor sifatida qatnashdik. Bugun yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi urfga aylanib borayotgani, sportga qiziquvchi yigit-qizlar soni tez sur'atlar bilan o‘sib borayotgani quvonchli holat.
“Men G‘olib” vatanparvarlik musobaqasi mamlakatimiz aholisini muntazam sport bilan tanishtirishning yana bir usuli. Chempionatda biz O‘zbekiston xavfsizlik kuchlari xodimlarining naqadar yaxshi holatda ekanliklarini guvohi bo‘ldik, bu barchamizni yanada ko‘proq tayyorgarlik ko‘rishga, nafaqat ishda, balki sportda ham muvaffaqiyatlarga erishishga, kuchli, tez va bardoshli bo‘lishga ruhlantiradi.
Chempionatning birinchi bosqichida harbiylardan dasturdan tashqari 90 nafar taklif etilgan ishtirokchilar ham qatnashdilar. Ular tarkibiga mamlakatning to‘rtta yugurish klublari va jamoalari a'zolari, qurolli kuchlar faxriylari va albatta, AKFA Group xodimlari kirdi. Kompaniya mutaxassislari belgilangan vaqt ichida masofani qiynalmay yengib o‘tishga muvaffaq bo‘lishdi.
Harbiy xizmatchilar jamoalari orasida uchinchi o‘ringa Davlat xavfsizlik xizmati, ikkinchi o‘ringa Milliy gvardiya sazovor bo‘ldi. Eng esda qolarlik natijani marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan Mudofaa vazirligi vakili ko‘rsatdi. G‘olib va sovrindorlarga AKFA Groupning esdalik sovg‘alari topshirildi.
Poyga tashkilotchilarining rejalariga ko‘ra, 2021-yil may oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan chempionatning 2-bosqichiga boshqa mamlakatlardan harbiylar taklif etiladi. Ular musobaqa dasturidan tashqari belgilangan masofani bosib o‘tishadi. Bundan tashqari chempionat uchun ro‘yxatdan o‘tish va qatnashish imkoniyati hamma uchun ochiq qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.
Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori
Tavsiya etilgan maqolalar

AKFA Group mamlakat tarixidagi Respublika miqyosida o‘tkazilgan eng yirik mental arifmetika olimpiadasiga homiylik qildi
AKFA Group ALOHA to‘rtinchi respublika mental arifmetika tanlovining hamkori va homiysi sifatida qanashdi.
Yurt bilan yugur
Kompaniyamiz sog‘lom turmush tarzini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
