Ezgulik ranglari

10.12.2020

Imzo fabrikasi 23-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga yangi yil bayramini tuxfa etdi

Yangi yil - barcha intiqlik bilan kutadigan ezgu ishlar, sovg'alar va mo‘jizalar vaqti. Bayram arafasida va nishonlash onida orzu-istaklarni niyat qilish, xursandchilik qilish va o’zaro sovg'alarni almashish odat tusiga kirgan. Bu ajib bir hodisa, haqiqiy sehrli ertak va oila davrasida o’tadigan eng qadrli ondir. 

AKFA Group ijtimoiy mas'uliyatli kompaniya sifatida yosh avlodni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirayapti. Bu borada bizning asosiy maqsadimiz – og’ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalarga baxt ulashish, kelajakka umid uyg’otish va ular muhtoj bo'lgan e'tiborni berishdir.

Misol uchun, IMZO fabrikasi Toshkent shahridagi 23-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga yangi yilni qiziqarli va shodu xurramlik bilan nishonlashlariga ko‘mak berdi. Buning uchun, yilning asosiy bayramidan biroz oldin kompaniya bolalarning ijodiy ishlarini keng jamoatchilikka taqdim etishga qaror qildi.

"Ezgulik ranglari" bolalar ijodiy ishlari xayriya ko'rgazmasi 2020 yilning 10 noyabr kuni poytaxt markazida joylashgan "Autograph Art Gallery" galereyasida ochildi. Ekspozitsiyada 30 dan ortiq bolalar chizgan 50 ta ijodiy ishlar taqdim etildi.

10-dekabrga qadar har bir xohlovchi yoqqan ishni sotib olish imkoniyatiga ega bo’ldi. Yig'ilgan summa esa 23-sonli Mehribonlik uyining o'g'il-qizlari uchun yangi yil bayramini tashkil etishga yo’naltirildi.

Xonadon, oila, do'stlik, tabiat va orzularga doir mavzular bolalarni unutilmas ishlarni yaratishga ilhomlantirgan. Shunisi e'tiborga loyiqki, barcha ishlar Dip-tech texnologiyasidan foydalangan holda shisha ustiga keramika siyohi yordamida bosib chiqarilgan.

Dip-tech – bu IMZO brendining shisha ustiga keramika siyohi yordamida bosib chiqarish noyob texnologiyasi bo'lib, deyarli har qanday formatdagi dizayn yoki tasvirga qo'llash imkonini beradi. Chop etilgan ishlar kimyoviy ta'sirlarga, namlikka va ultrabinafsha nurlanishiga chidamli.

Yangi yil arafasida "Ezgulik ranglari" aksiyasi doirasida IMZO fabrikasi “Ice city” ko'ngilochar markazida o'g'il-qizlar uchun yorqin bayram tashkil etdi.

Bolalar barcha diqqatga sazovor joylarga cheksiz kirish, ertak qahramonlari ishtirokida yorqin shou-dasturni tomosha qilish, raqs maydonchasida o'z mahoratini namoyish etish, mazali taomlarni tatib ko’rish imkoniyatiga ega bo'ldilar va, albatta, Qor bobodan yangi yil sovg'alarini olib xursand bo’ldilar!

 AKFA Group yosh avlodga yordam ko'rsatishda davom etadi. Biz ijtimoiy loyihalarimiz misolida xayriya O'zbekiston ijtimoiy mas'uliyatli kompaniyalarining tabiiy ehtiyoji ekanligini yana bir karra ko’rsatmoqchimiz.

AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.

Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori