AKFA Group va Artel tug'ma yurak nuqsoni bo‘lgan qirq nafar bolaning operatsiyalarini moliyalashtiradi
Muborak Ramazon oyida “Sen Yashaysan” xayriya aksiyasi doirasida AKFA Group kompaniyasi ARTEL va AKFA Medline kompaniyalari bilan birgalikda og‘ir tug‘ma yurak nuqsoni bilan og‘rigan 15 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar bolani operasiya qilish tashabbusi bilan chiqdi.
An’anaga ko‘ra, to‘rt yildan buyon AKFA Medline klinikasi barcha muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zib, kam ta’minlangan oilalar uchun xayriya yordamlarini tashkil etib kelmoqda.
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, har yangi tug'ilgan 100 chaqaloqdan biri tug'ma yurak nuqsonlari bilan tug'iladi. Tug'ma yurak kasalligi bemorlarda hayotiy organ tuzilishida anatomik nuqsonlar mavjud bo'lgan kasalliklar guruhidir.
Ma'lumki, butun dunyoda ushbu kasallik 1 yoshgacha bo'lgan bolalar o'limining eng katta tarqalgan sabablaridan biri hisoblanadi. Shuni inobatga olgan holda AKFA Group kompaniyasi AKFA MEDLINE va ARTEL kompaniyalari bilan birgalikda tug‘ma yurak nuqsonlari bilan og‘rigan bolalarga yordam berish istagini bildirdi:
- AKFA Group ijtimoiy mas’uliyatga ega kompaniya sifatida bolalardagi tug‘ma yurak nuqsonlari mavzusini e’tibordan chetda qoldira olmadi, – deydi xolding bosh direktori Kamron G‘ulomov, – Biz ular uchun eng baxtli voqealardan biri — farzand ko‘rish bilan birgalikda uning jiddiy kassaligi sababli qiyin vaziyatga tushib qolgan oilalar borligidan xabardormiz. Shu bois muborak Ramazon oyida tug‘ma yurak xastaligi bilan og‘rigan kichik bemorlarga shifo topish imkoniyatini berishga qaror qildik. “Sen Yashaysan” xayriya aksiyasida O‘zbekistonning barcha viloyatlaridagi oilalar ishtirok etishi mumkin. Bunda tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bolalar ko‘rikdan o‘tkaziladi, shundan so‘ng kardiojarrohlar AKFA Medlineda operatsiya sanasi va vaqtini belgilaydilar.
Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda har yili 7-8 ming nafar tug‘ma yurak hastaligi bilan kasallangan bolalar dunyoga keladi. Ulardan 5000 ga yaqini jarrohlik xizmatiga muhtoj bo'lib, mamlakat bo'ylab yiliga 2000-3000 nafar bolalar operatsiya qilinadi:
- O‘zbekistonda har bir kardiojarroh ham yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni operatsiya qilishni o‘z zimmasiga olmaydi. Katta tomirlarning transpozitsiyasi, chap bo'limlarning gipoplastik sindromi, o'pka tomirlarining umumiy anomal drenaji (ulanish), aorta yoyining uzilishi va boshqalar kabi tanqidiy nuqsonlar mavjud. Ularning barchasi shoshilinch yurak operatsiyasini talab qiladi. Biz AKFA Medline kompaniyasida 4 yil davomida izolyatsiya qilingan oddiy nuqsonlari va ham kombinatsiyalangan (murakkab) patologiyalari bo‘lgan yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan bolalar uchun deyarli barcha turdagi operatsiyalarni bajarib kelmoqdamiz. Biz endovaskulyar jarrohlik bilan ham shug‘ullanamiz – bu kesiksiz operatsiyalar, – deydi AKFA Medline bolalar kardiojarrohligi bo‘limi mudiri Jamshid Pirnazarov.
Kardiojarrohlar amaliyoti shuni ko'rsatadiki, yurak-qon tomir kasalliklari bilan og'rigan bolalarda operatsiyalarning 99% muvaffaqiyatli o'tadi. Operatsiyadan keyin ular oddiy bolalardan farq qilmay faol, to'laqonli hayot kechiradi. Shifokorlar operatsiya qilinganlarning atigi 1% jismoniy faoliyatga cheklovlar belgilaydilar.
– Bizning klinikada turli kasalliklarning zamonaviy davolash usullari qo'llaniladi, tug‘ma yurak kasalliklarini davolash ham bundan mustasno emas. An'anaga ko'ra, operatsiyalar ochiq usulda amalga oshiriladi, ammo biz endovaskulyar davolashni ham faol ravishda qo'llaymiz - qorincha septal nuqsonini kesmalarsiz yopishni amalga oshiramiz. Bunday operatsiyadan so'ng bemorlar ertasi kuni uylariga ketishlari mumkin. Ammo ochiq usul bilan bo'lsa, operatsiya qilingan kun intensiv terapiyada, keyin yana 5-6 kun shifokorlar nazorati ostida bo'limda o'tkaziladi. “Sen Yashaysan” aksiyasi doirasida biz asosan endovaskulyar operatsiyalarga e’tibor qaratamiz”, - deydi AKFA Medline kardiojarrohi Asqar Sobirov.
Klinika mutaxassislari bolalar yurakchalariga shifo berish bilan bolalarga baxtli kelajak qurish, ota-onalarga umid va hayot mazmunini qaytarish imkonini bermoqda.
Tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun xayriya aksiyasida ishtirok etish uchun quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin: 1141 yoki 71 2033003.
Manzil: Olmazor tumani, Kichik xalq yo'li, 5A.
AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.
Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori
Tavsiya etilgan maqolalar

Hayot uchun yugur
AKFA Group xodimlari Samarkand Half Marathonning xayriya tadbirida ishtirok etdilar.

AKFA CUP 2020
Xodimlar kompaniyamizning asosiy qadriyatidir. AKFA guruhining strategik muhim vazifalaridan biri xodimlarning ishlashi va bo‘sh vaqtlari uchun qulay sharoitlar yaratishdir. Kompaniya xodimlarining samarali ishlashi uchun korporativ ruh va madaniyatni saqlash va rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Yurt bilan yugur
Kompaniyamiz sog‘lom turmush tarzini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.