Navro‘z bayrami arafasida AKFA Group obodonlashtirish dasturini qo‘llab-quvvatlab “Yashil makon” loyihasida ishtirok etdi.

24.03.2022

 Umumrespublika aksiyasi doirasida poytaxtimizda “Yashil makon” tashabbuskorlar Toshkent shahar hokimligi va Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi tomonidan manzarali daraxtlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Aksiyadan ko‘zlangan maqsad – shahardagi ekologik vaziyat va havo sifatini yaxshilash.

Ko‘rgazmada 150 dan ortiq manfaatdor tashkilot va kompaniyalar, jumladan, AKFA Group ham ishtirok etdi.

19-mart kuni korxona rahbariyati va xodimlari tomonidan Mirobod tumani, Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab bir nechta daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

«Biz uchun ekologik aksiyalarda ishtirok etish barqaror rivojlanish strategiyasining bir qismidir. Umid qilamizki, bunday keng ko‘lamli loyiha mamlakatimiz aholisini birlashtiradi, har yili ko‘chat ekish esa fuqarolar uchun yaxshi an’anaga aylanadi», — dedi AKFA Group bosh direktori Kamron G‘ulomov.

“Yashil makon” tashabbusi doirasida 10-20-mart kunlari shaharning markaziy va gavjum ko‘chalari bo‘ylab 10 ming tup daraxt ko‘chatlari rejalashtirildi va o‘tqazildi. Jarayon mahalliy va xorijiy mutaxassislar nazorati ostida amalga oshirildi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish tashabbuslari allaqachon kompaniya amaliyotida mustahkam o'rnatilgan. O‘z faoliyatini amalga oshirish va mana shunday “yashil” aksiyalarda ishtirok etish orqali AKFA Group ekologiya sohasida barqaror rivojlanish tamoyillariga muvofiq atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida samaradorlikni oshirishga intiladi.

AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.

Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori