AKFA Group “AKFA Future Step” – oliy o‘quv yurt talabalari uchun ilk yillik grant dasturini e’lon qiladi
AKFA Group universitet talabalari uchun yangi grant dasturi – AKFA Future Step-ning boshlanganligini e'lon qiladi. Dastur har yili o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Loyihaning asosiy maqsadi iste'dodli yoshlarni aniqlash va ularni qo'llab-quvvatlashdir.
Dasturning birinchi bosqichi – arizalar qabuli 20 apreldan boshlanib 20 mayga qadar davom etadi. Shundan so‘ng dasturning ikkinchi bosqichi – arizalarni baholash jarayoni boshlanadi. Jarayonni AKFA Group mutaxassislari va top-menejerlari olib boradilar.
Dastur iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
AKFA Future Step O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining "Moliya", "Muhandislik", "IT-texnologiyalar" yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil oluvchi 3-kurs talabalariga mo‘ljallangan.
Dasturda davlat va nodavlat oliy o‘quv yurtlarining barcha talabalari ixtiyoriy ravishda qatnashishlari mumkin.
AKFA Future Step – 25 nafar talabaga mo'ljallangan. Grant miqdori bir nafar talabaga 25 000 000 so‘m miqdorda belgilangan. Ishtirok etish uchun dastur veb-saytidagi ishtirokchi shaklini va motivatsion xatni to‘ldirishingiz lozim. Sizning yutuqlaringizni tasdiqlovchi hujjatlar ham ko‘rib chiqiladi: ta’lim jarayonida olgan natijalaringiz, mukofotlar, diplomlar va sertifikatlar, ko'ngillilar faoliyatida qatnashganingizni tasdiqlovchi hujjatlarning elektron shakli.
– AKFA Future Step loyihasi doirasida biz istiqbolli va intiluvchan yoshlarni qo‘llab-quvvatlaymiz va rivojlantiramiz. Mamlakatimizda o‘z g‘oyalarini taqdim etishdan va himoya qilishdan qo‘rqmaydigan, tez orada innovatsion startaplarni ishga tushirib, qiziqarli loyihalarni amalga oshirib va umuman mamlakatimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shadigan yoshlarimiz ko‘p. Bizning maqsadimiz ana shunday yoshlarni izlab topish va ularga o‘z qobiliyatlarini 100 foiz namoyon qilishlarida ko‘maklashishdir. Biz ularga o‘zlari sevgan va yashaydigan sohalarda eng oldi mutaxassis bo‘lishlari uchun imkoniyat yaratamiz ", - deydi AKFA Group Ijro direktor Kamron G‘ulomov.
AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.
Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori
Tavsiya etilgan maqolalar
Yurt bilan yugur
Kompaniyamiz sog‘lom turmush tarzini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

O‘zbekiston jamoasi Xalqaro KVN Ligasining yarim finaliga chiqdi
“Tashkent siti” KVN bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Xalqaro KVN Ligasining yarim finaliga chiqdi. Chorak final natijalariga ko‘ra, vatandoshlarimiz 52 ball to‘plab, birinchi o‘rinni egalladilar.

AKFA Group "Men G‘olib" vatanparvarlik bellashuvining bosh homiysi
“Men G‘olib” vatanparvarlik bellashuvining yakuniy bosqichi 16 may Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.