Futbol bo‘yicha AKFA CUP 2021 korporativ turnirining final bosqichi bo‘lib o‘tdi

03.11.2021

AKFA Group korporativ madaniyati xodimlarni ishdagi kabi sportda ham muvaffaqiyatga erishishda rag‘batlashga qaratilgan. Asosiy vazifalardan biri xolding mutaxassislari o‘rtasida yaxlitlik va hamjihatlikni saqlashdir, shuning uchun, kompaniya har yili jamoaning jipsligi va birdamligiga hissa qo‘shuvchi turli tadbirlarni o‘tkazib turadi. Ular orasida xodimlar o‘rtasidagi korporativ futbol turniri ham bor.

30-oktabr kuni futbol bo‘yicha korporativ chempionat bo‘lib o‘tdi va unda 4 ta jamoa «MIMAR», «ARTEL RH», «AKFA JOMIY» va «BENKAM» sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishdi.

Uchinchi o‘rin uchun bahsda «MIMAR» va «ARTEL RH» jamoalari to‘qnash kelishdi. Finalda «AKFA JOMIY» va «BENKAM» jamoalari kubok uchun kurash olib borishdi. Birinchi o‘rin uchun kechgan keskin kurashda «BENKAM» jamoasi g‘alaba qozondi. Ikkinchi o‘rinni «AKFA JOMIY» jamoasi, uchinchi o‘rinni esa «ARTEL RH» jamoasi egalladi.

Bu yil AKFA CUP 2021 musobaqasida xolding tarkibidagi turli korxona va tashkilotlardan 16 ta jamoa ishtirok etdi. Bir oy davomida 200 ga yaqin kishi bir-biri bilan bellashdi, eng yaxshilari finalga chiqdi.

O‘yin kutilmagan va hayajonli daqiqalarga boy bo‘ldi. Finalchilar muxlislarga unutilmas tuyg‘ular ulashishga bor kuchlarini sarfladilar. «AKFA CUP – 2021» turniri g‘oliblariga tantanali ravisha qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.

Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori