Boshpanasiz jonivorlar uchun turarjoy loyihasi
AKFA Group jonivorlar uchun boshpana loyihasiga doir ishlar davom etayotganligini mamnuniyat bilan ma’lum qiladi. Oldimizda jiddiy vazifa turibdi. Bizning maqsadimiz nafaqat ko‘chada sarson bo‘lgan yoki bemehr qo‘llarga tushib qolgan jonivorlarni boshpana bilan ta’minlash, balki insonlarning har bir “to‘rt oyoqli do‘sti” o‘zini himoyada his qilishidir.
Loyihani ishlab chiqishda AKFA Group mutaxassislari mahalliy va xorijiy boshpanalarning tajribasini o‘rganib chiqib, eng avvalo, jonivorlarning ehtiyojlarini inobatga oldilar. Bugungi kunda mamnuniyat bilan ushbu loyihaga doir arzigulik natijalarni bo‘lishishimiz mumkin.
Maydoni 1 gektardan iborat bo‘lgan boshpana ko‘chada qolgan 1000 tagacha jonivorlarni qabul qilishi mumkin. Loyiha ma'muriy blok va xodimlarning xonalari, shuningdek jonivorlarning emlanishi va boshqa tibbiy yordam olishlari mumkin bo‘lgan tibbiy blokdan iborat. Qurilish ishlari boshlanishi 2021-yil yanvar oyining boshlariga va tugallanishi esa 2021-yil 1-may oyi yakuniga mo‘ljallangan.
- Jonivorlar turli sabablarga ko‘ra boshpanasiz qoladilar: ulardan ba'zilari egalari tomonidan tashlab ketilgan bo‘lsa, ba'zilari turli sabablarga ko‘ra yo‘qolgan, ba'zilari esa ko‘chada tug'ilgan. Ko‘chada qolgan jonivorlar mehr-muhabbat nima ekanligini bilishmaydi. Ammo siz va biz buni o‘zgartirish qo‘limizdan keladi, - deydi AKFA Group Ijro direktori Kamron G‘ulomov.
AKFA Group O‘zbekistondagi jonivorlarni himoya qilish tashkilotlarining asosiy missiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Kompaniya jonivorlarga nisbatan sodir etilayotgan zo‘ravonlik yo‘l qo‘yib bo‘lmas xato deb hisoblaydi va shafqatsizliklarga qarshi chiqadi. Biz jonivorlarga nisbatan insoniy munosabat tamoyillarini qo‘llab-quvvatlaymiz.
AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.
Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori
Tavsiya etilgan maqolalar

Hayot uchun yugur
AKFA Group xodimlari Samarkand Half Marathonning xayriya tadbirida ishtirok etdilar.

AKFA Group mamlakat tarixidagi Respublika miqyosida o‘tkazilgan eng yirik mental arifmetika olimpiadasiga homiylik qildi
AKFA Group ALOHA to‘rtinchi respublika mental arifmetika tanlovining hamkori va homiysi sifatida qanashdi.

“Toshkent siti” jamoasi Xalqaro KVN musobaqasida g‘olib bo‘ldi
“Toshkent siti” KVN bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Xalqaro KVN Ligasining chorak final ishtirokchisiga aylandi. Rossiyaning Smolensk shahrida joriy yilning 13-may kuni bo‘lib o‘tgan musobaqaning 1/8 finalida O‘zbekiston jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Bellashuv natijasiga ko‘ra yurtdoshlarimiz 51 ball to‘plab, Novokuznetsk, Ivanovo, Noyabrsk, Donetsk va Leningrad viloyatidan tashrif buyurgan jamoalardan o‘zib ketishdi.