AKFA Group xayriya futbol uchrashuviga homiylik qildi

14.04.2021

AKFA Group insonlar turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan ijodiy ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ana shunday loyihalardan biri xayriya futbol uchrashuvi milliy futbol afsonalari, O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari va ommabop bloggerlar hamda 400 dan ortiq futbol ishqibozlarini o‘zida jamladi. To‘plangan barcha mablag'lar COVID-19 pandemiyasi oqibatlaridan zarar ko‘rgan kam ta'minlangan oilalarga yuborildi. AKFA Group esa musobaqaga homiylik qildi.

Ta'kidlash joiz, AKFA Group muntazam ravishda ijtimoiy loyihalarda qatnashib, xayriya ishlarida faol ishtirok etib kelayapti. Kompaniya ehtiyojmandlarga yordam berish insonlarda rahmdillik tuyg‘ularini uyg‘otib ularni yanada birlashtiradi deb hisoblaydi. Xayrli ishlar muqaddas Ramazon – saxovat va rahmdillik oyida alohida ahamiyat kasb etadi.

AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.

Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori