AKFA Group O‘zbekistondagi birinchi xalqaro sirk san’ati festivaliga homiylik qildi

19.04.2021

AKFA Group strategiyasi asosiy faoliyatidan tashqari, yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning ehtiyojlarini qondirish va yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon qilishga qaratilgan sa’y-harakatlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan.

15-apreldan 17-aprelga qadar AKFA Group homiyligida O‘zbekistonda ilk bora “Xalqaro yoshlar sirk san’ati festivali” bo‘lib o‘tdi. Madaniyat vazirligi va Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi festivalni tashkil etishda yaqindan yordam berishdi.

AKFA Group homiyligida o‘tkazilgan ilk “Xalqaro yoshlar sirk san’ati festivali” butun dunyoda har yili aprel oyining uchinchi shanbasida nishonlanadigan “Jahon sirk kuni”ga bag'ishlandi. Taniqli o‘zbek chavandozlari bo’lmish Zaripovlar sulolasining vakillari, shuningdek taniqli dorbozlar aka-uka Toshkenboyevlar dastur mehmonlari bo‘lishdi.

15 va 16-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan ikki kunlik festivalda 6 mamlakatdan kelgan bolalar “Ikarian o‘yinlari”, “hulahup”, shprung-dorbozlik, parter halqa, havo halqasi, havo gimnastikasi, qo‘l ekvilibristikasi havo gimnastikasi kabi janrlarda o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

8 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya va Ukrainadan kelgan ishtirokchilar hakamlar hay'atiga 26 guruh va individual raqamlarini taqdim etishdi. Shu bilan birga, karantin cheklovlari tufayli mamlakatimizga tashrif buyurolmagan Rossiya va Ukrainalik ishtirokchilari o‘z chiqishlarini onlayn tartibda namoyish qilishdi.

17-aprel kuni gala-konsert doirasida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Festivalning "oltinlari" qirg‘izistonlik Aina Maratova va O‘zbekiston vakili Daler Xametovga nasib etdi. Hamyurtlarimiz Anastasiya Bobilyeva va Mubina Ganieva kumush medalni qo‘lga kiritishdi. Kseniya Konyushenko va Kseniya Bobrova mamlakatimizning faxriy "bronza" duetini ukrainalik ishtirokchi Anna Levina bilan bo‘lishishdi.

Festival Gran-prisini qozog‘istonlik Arina Statsenko ishtirok etdi va u tuvallarda havo gimnastikasida yorqin raqamni namoyish etdi. Murodjon Maxmudov (O‘zbekiston), Yuliya Chjao (Xitoy) va Anna Levina (Ukraina) maxsus sovrinlar bilan taqdirlandilar.

AKFA Group san’atni rivojlantirish juda muhim ekanligi, chunki bu bizning jamiyatimizning aksi ekanligiga ishonadi. San’at mamlakatlar o‘rtasidagi chegaralarni yo‘q qiladi, insonlarni yuqori natijalarga erishish uchun ilhomlantiradi va rag‘batlantiradi. Ilk Xalqaro yoshlar sirk san’ati festivali buni yana bir bor isbotladi.

AKFA Group festivalning barcha ishtirokchilarini tabriklaydi va ularga ijodiy muvaffaqiyatlar, sihat-salomatlik, cheksiz kuch va jozibali chiqishlarni tilaydi!

AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.

Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori