AKFA Group "Men G‘olib" vatanparvarlik bellashuvining bosh homiysi
“Men G‘olib” vatanparvarlik bellashuvining yakuniy bosqichi 16 may Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. 350 dan ortiq ishtirokchilar 10 km masofani 80 daqiqada bosib o‘tishlari lozim edi. Masofaning boshlanish va yakunlanish nuqtasi “G‘alaba bog‘i” etib belgilandi.
Musobaqa bosh homiy – AKFA Group, shuningdek tashkilotchilar - O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Triatlon federatsiyasi, ProRun yugurish maktabi va Yengil atletika federatsiyasi ko‘magida amaga oshirildi.
Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi kabi mamlakat kuch tuzilmalari vakillari musobaqaning so‘nggi bosqichida g‘oliblik uchun kuch sinashdilar.
Sport muxlislari va sog‘lom turmush tarzi tarafdorlari ham yugurishda o‘zlarini sinab ko‘rishdi, ammo ular musobaqa dasturidan tashqarida o‘zaro bellashdilar.
Ular orasida AKFA Groupning 25 nafar xodimi ishtirok etishdi, ulardan 5 nafari masofani belgilangan vaqt oralig‘ida bosib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.
Mudofaa vazirligidan Vladislav Mamedov chempionatda g‘olib bo‘ldi. Unga marraga birinchi bo‘lib yetib borish uchun atigi 34 daqiqa kerak bo'ldi. Ayollar o‘rtasida eng yaxshi natijani Vladislav bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasini baham ko‘rgan Milliy gvardiya vakili Alina Xakimova ko‘rsatdi.
Mudofaa vazirligidan Ilhom Nazarov va Iroda Aliyev marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelishdi, uchinchi o’rinni esa DXX jamoasidan Temur Orlov va Sevara Chorieva qo‘lga kiritdilar.
Mudofaa vazirligi vakillari jamoaviy bellashuvda chempion bo‘lishdi. Milliy gvardiya jamoasi ikkinchi o‘rinni, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari faxrli uchinchi o‘rinni egallashdi.
G‘olib va sovrindorlar bosh homiy tomonidan medallar, diplomlar, kuboklar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
AKFA Group muntazam ravishda yirik sport tadbirlarini tashkillashtirish ishlarida qatnashadi. Kompaniya ijtimoiy mas’ullik mavzusida o‘z strategiyasini oldinga surib, aholini sportga jalb qilish bo‘yicha loyihani amalga oshirmoqda.
AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.
Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori
Tavsiya etilgan maqolalar

AKFA Group xayriya futbol uchrashuviga homiylik qildi
AKFA Group insonlar turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan ijodiy ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Futbol bo‘yicha AKFA CUP 2021 korporativ turnirining final bosqichi bo‘lib o‘tdi

Xavfsizlik kuchlari tuzilmalari o‘rtasida shosse-yugurishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga homiylik
10-yanvar kuni Toshkentda respublika xavfsizlik kuchlari o‘rtasida shosse-yugurishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining birinchi bosqichi "Men G‘olib" xalqaro vatanparvarlik poygasi bo‘lib o‘tdi.