AKFA Group AKFA Meets Students 2022 talabalar forumini oʻtkazdi

21.04.2022

AKFA Group davlat va nodavlat universitetlari talabalari uchun iqtidorli talabalarni aniqlash, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan forum o‘tkazdi. Eng qobiliyatlilarni kompaniyaga ishga joylashtirish rejalashtirilgan.

16-aprel kuni AKFA Group Visitor Centerda AKFA Meets Students 2022 forumini o‘tkazdi, unda 195 nafar bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari ishtirok etdi. Forumdan ko‘zlangan maqsad talabalarni kompaniyaning yetakchi bo‘limlari bilan tanishtirish, o‘z sohasidagi yangi tendensiyalar haqida aytib berish va AKFA Group xoldingidagi tajribalar bilan o‘rtoqlashishdan iborat.

Dasturda ishtirok etish uchun boʻlajak mutaxassislar ariza va rezyumelarni topshirdilar. Soʻngra ular tashkilotchilarning topshirigʻini bajarishlari, keys boʻyicha oʻz yechimlarini taqdim etishlari va tanlov natijalarini kutishlari kerak. Tanlangan talabalar iyun-avgust oylarida AKFA Group kompaniyasida amaliyot o‘tashadi, bu esa ularga korporativ madaniyat xususiyatlari bilan tanishish, kasbiy tajriba orttirish, zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkonini beradi. Shunday qilib, AKFA Groupga amaliyot o‘tash uchun kirgan talabalar o‘qishni tamomlagandan so‘ng malakali mutaxassis bo‘lish imkoniyatlari katta.

- Men doim yirik yetakchi xoldingda ishlashni rejalashtirganman. AKFA 20 yillik faoliyati davomida sezilarli natijalarga erishdi va O‘zbekistondagi yetakchilik mavqeini saqlab qoldi, bu juda hayratlanarli. Kompaniya yuqori darajadagi korporativ madaniyatga ega va xodimlar o‘z sohasining haqiqiy professionallaridir. Men shunday jamoada ishlashni, tajriba orttirishni va rivojlanishni orzu qilaman, – deydi Toshkentdagi Yeoju texnika instituti talabasi Valiullina Liliana.

AKFA Meets Studentsning rasmiy qismi AKFA Group bosh direktori Kamran G‘ulomovning tabrik so‘zi bilan boshlandi. Forumda talabalar bilan marketing, HR, R&D va IT bo‘limlarining yetakchi mutaxassislari ham so‘zga chiqdilar. Spikerlar o‘z sohalaridagi yangi tendensiyalar va AKFA Groupdagi ish istiqbollari haqida so‘z yuritdilar. Darvoqe, talabalar bilan uchrashuvda kompaniya mutaxassislarining ishtirok etishi allaqachon an’anaga aylangan. Ular bo‘lajak mutaxassislar uchun muntazam ma’ruzalar o‘qib, ular bilan o‘z tajribalarini o‘rtoqlashadilar.

Ko‘pgina talabalar xorijga ketishni orzu qiladilar. Biroq, mamlakatimizga ham istiqbolli kadrlar kerak. AKFA Groupning maqsadlaridan biri iqtidorli yosh mutaxassislarning kelajakda O‘zbekiston manfaati yo‘lida mehnat qilishlari uchun mamlakat ichida kamol topishiga yordam berishdir. Buning uchun talabalar respublikada barcha jarayonlarni xalqaro standartlar asosida olib boradigan korxonalar mavjudligini ko‘rishlari kerak. AKFA Group shunday kompaniyalardan, — deb hisoblaydi AKFA Group korporativ universiteti rahbari Ozoda Saidkarimova, — Bugungi yoshlar kelajakka ishonadi. Ular iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun o‘z kuchlarini safarbar eta oladilar, biz esa ularning fantastik g‘oyalari tufayli mamlakatda sezilarli o‘sishlarga erisha olamiz.

Bundan avval ham kompaniya stipendiya granti dasturi bo‘yicha talabalarni amaliyot o‘tash uchun qabul qilgan edi. 2020-yildan 2021-yilgacha bo‘lgan davrda 29 nafar eng istiqbolli stajyorlardan 10 nafari ishga taklif oldi va AKFA Group jamoasi a’zosi bo‘ldi. Xolding ishonchi komilki, stajirovka dasturi kerakli mutaxassislarni izlashda eng samarali vositalardan biri bo‘lib, bu ish beruvchiga bo‘lajak mutaxassisning salohiyatini baholash va xodimga kompaniyada moslashish uchun vaqtni tejash imkonini beradi.

AKFA Group avvalroq Inha universiteti, Turin politexnika universiteti va boshqa universitetlar bilan ham memorandumlar imzolagan edi. Hujjat aloqalarni mustahkamlash, bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirishga qaratilgan bo‘lib, oliy o‘quv yurtlari va talabalar bilan hamkorlik qilish, shuningdek, O‘zbekiston ta’limini rivojlantirishga hissa qo‘shish xoldingning korporativ ijtimoiy mas’uliyat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlaridan biridir

AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.

Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori