AKFA Group kompaniyasi «Samarkand Half Marathon»da ishtirok etdi

09.11.2021

7-noyabr kuni Samarqandda har yillik “Samarkand Half Marathon” xayriya yugurish bo‘lib o‘tdi.


AKFA Group mazkur tadbirda ikkinchi yil ishtirok etishi. Bu yilgi musobaqada kompaniyaning 34 nafar xodimi ishtirok etdi.

Kompaniyalarning bunday tadbirlarda ishtirok etishi nafaqat mamlakatdagi xayriya tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va muhtojlarga yordam ko‘rsatish uchun ajoyib imkoniyat, balki xodimlarni sog‘lom va faol turmush tarzini olib borishga yaxshi turtki bo‘ladi, shuningdek, jamiyatni birlashtirishga xizmat qiladi.”, – deydi AKFA Group HR direktori Go‘zel Ganiyeva.

Bu yil yarim marafon tashkilotchilari mamlakatimiz madaniyat va sanʼat obyektlarida inklyuzivlik mavzusiga eʼtibor qaratdilar. Yig‘ilgan mablag‘ nogironligi bo‘lgan shaxslarni madaniyat muassasalariga ishga joylashtirish masalasini hal qilishga yo‘naltiriladi.

AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.

Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori