Open Tashkent 2020-2021 Kickboxing Wako

12.07.2022

Toshkentdagi “Yunusobod” sport majmuasida 15 dan 20 iyunga qadar kikboksing sport turi bo’yicha havaskor va professionallar o‘rtasida “Open Tashkent 2020-2021 Kickboxing Wako” xalqaro chempionati o‘tkazildi.

Unda 23 davlatdan tashrif buyurgan 1700 nafar sportchilar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha g’alabalar uchun kurash olib bordi. Unda umumjamoa hisobida O‘zbekiston birinchi, Qozog’iston ikkinchi va Tojikiston uchinchi o‘ringa sazovor boldi. 

Chempionlik kamari va maxsus ta’sis etilgan sovrin uchun kechgan bahsda Guljahon Normatova 55 kilogramm vaznli raqibi ukrainalik Mariya Belkinaga ochkolar hisobida imkoniyatni boy berib qo’ydi. Ikkinchi bellashuvda 76 kilogramm vazn toifasidagi Temurbek Xolmetov g‘alaba qozonib, misrlik Abdulla Mandoga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Kechaning eng murosasiz va qiziqarli jangi og‘ir vazn toifasidagi hamyurtimiz Husanxon Baratov va turkiyalik mashhur kikboksing ustasi Mehmet O‘zer o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Deyarli teng kurashlar ostida davom etgan ushbu jangning so‘nggi raundida sportchimiz raqibini muddatidan avval nokautga uchratib, mag'lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Xalqaro turnir yakunida g‘olib va ​​sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi.

Davron Qodirov Toshkent shahar kikboksing assotsiatsiyasi raisi:

"-Turnirimizni butun dunyo kuzatib bordi. Yurtimiz hududida havaskorlar o‘rtasidagi musobaqa bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, biz to‘rtta professional jangni tomosha qilishga muvaffaq bo‘ldik. Yevropadan ham to‘rt nafar jahon chempioni Open Uzbekistan 2 dagi ishtirok etdi va to’rtta O‘zbekiston chempionlari bilan   bellashishdi. Biz 3:1 hisobida g‘alaba qozondik, bu ajoyib natija. Keyingi maqsadimiz – 2024 yilgi Olimpiadada qatnashish”.

AKFA Group kompaniyasi bunday sport musobaqalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Chempionlarni g’alaba bilan qutlab, barcha sportchilarga o‘z rejalarini amalga oshirib g‘alabalarga erishishlarini tilab qoladi!

AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.

Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori