MEGASPORT assotsiatsiyasi AKFA Group kompaniyasi bilan birgalikda imkoniyati cheklangan bolalar uchun xayriya sport tadbirini o‘tkazdi.

23.05.2022

19-may kuni Toshkent shahrida MEGASPORT assotsiatsiyasi AKFA Group kompaniyasi bilan hamkorlikda 37-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning imkoniyati cheklangan o‘quvchilari uchun sport-ko‘ngilochar bayramini tashkillashtirdi.


Bunday sport tadbirlarining o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad imkoniyati cheklangan bolalarni faol va sog'lom hayotga jalb qilish, ularni uzoq vaqt tashqi muhitga chiqmasliklarini, o'zgalar bilan muloqotda bo‘lmasliklarini oldini olish, bir zumga dardlarini unutib o'zlarini oddiy bolalardek his qilishlariga imkon berishdan iboratdir.


Sport bayramida 37-ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari barcha musobaqalarni professional murabbiylarning kuzatuvi ostida, o‘yin tarzida qiziqish va ishtiyoq bilan o‘tkazishdi. Bayram tadbiri so‘ngida esa taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Barcha ishtirokchilar medallar, faxriy yorliqlar va sovg'alar bilan taqdirlandilar.


Bolalarning tadbirga e’tibori iliq bo‘ldi. O‘quvchilar tashkil etilgan ushbu maroqli kun uchun, quvnoq hamda tabassumlarga boy tadbir va ko‘rsatilgan e'tibor uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, mamnuniyat bilan "katta rahmat", deya tashakkur aytishdi.


"AKFA Group kompaniyasi va MEGASPORT assotsiatsiyasi o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik sabab bunday tadbirni o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ayniqsa, bir, ikki oy avval to‘shakdan turolmagan bolalarni bunday sport tadbirlarida qanday qilib jismoniy mashqlarni mustaqil bajarishlari mumkinligini ko‘rish juda ta’sirli"- deya ta’kidlaydi “MEGASPORT” assotsiatsiyasi prezidenti Davron Qodirov.

AKFA Group O‘zbekistonda muhandislik ilmi va texnologiyasining kelajagini birgalikda qurish uchun iste'dodlarni izlaydi va ularni rivojlantiradi.

Kamron G‘ulomov, AKFA Group Ijro direktori